Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Ekzogastrulyasiya
Ekzogastrulyasiya bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha, tashqi 
va ichki muhit rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartiradi. Drish (1893) aniqlashicha, 
dengiz tipratkani
tuxumdonida yuqori harorat (30 gradus) ta‘sir ettirilsa, 
birlamchi ichak invaginasiya o‘rnida tashqariga qatlamlanadi va ekzogastrulyasiya 
sodir bo‘ladi (101 -102- rasmlar). 
101- rasm. Dengiz tipratikanida (sphaerechinus granularis) ekzogastrulyasiya 
(J.Geksli, G.de Ber, 1936 bo‘yicha). A,B,V-litiy tuzi konsentrasiyasiga bog‘liqligi. 
1- ektoderma; 2- lichinkaning o‘rta ichak va ektoderma bilan bog‘langan oraliq 
qismi; 3- mezenxima hujayrasi; 4- birlamchi ichak hiosil bo‘ladigan joy. 
102 –rasm. Baqada ekzogastrulyasiya (I.Goltfreter, 1933 bo‘yicha). 
A;B- tashqi ko‘rinishi; V-ko‘ndalang kesimi. 1- ektoderma; 2- orqa ichak; 3- o‘rta 
ichak; 4- pronefros; 5-muskul segmenti; 6- xorda; 7- oldingi ichak. Sitoplazma 
harakati strelka blan ko‘rsatilgan. 


216 
S.Gerbet (1892) dengiz tipratikani tuxumi yashayotgan dengiz suvidagi litiy 
tuzi konsentrasiyasi o‘zgartirganda ekzogastrulyasiya sodir bo‘lishi kuzatilgan. 
Dengiz tipratikani tuxumining maydalanishi yoki blastula davrida dengiz suvidagi 
ba‘zi tuzlarni ltiy tuzining izotopi bilan almashtirganda gastrulyasiya jarayoni 
bu‘ziladi .ammo hujayralar differensiasiyasi endodermal yo‘nalishida davom etadi.
Embrion qancha ko‘p vaqt liotiy tuzi ta‘sirida bo‘lsa, shuncha ko‘p 
endodermal hujayralar hosil bo‘ladi. Uzoq vaqt litiy tuzi ta‘sirida bo‘lganda 
hujayralarning ko‘pi endodermaga, animal qutbidagi hujayralarning bir qismi 
ektotermaga aylanadi. Mezenxima hujayralari normada bo‘ladi. P.P.Ivanov 
fikricha, bu ta‘biiy holatbo‘lib, ekzogastrulyasiyada mezenxima hujayralari normal 
muhitda bo‘ladi. 
Agar tashqi muhit o‘zgarsa, entoderma hujayralari kam, ektoderma 
hujayralari esa ko‘proq bo‘ladi. Masalan, dengiz suvida kalsiy tuzi va anionlar 
miqdori oshsa shunday bo‘ladi.
Hozirgacha ekzogastrulyasiya hodisasiga to‘liq ta‘rif berilmagan. P.P.Ivanov 
fikricha, gastrulyasiya jarayoning o‘zida endoderma blastoselga o‘tishiga blastosel 
suyuqligi zarurligi ta‘lab qilinadi. Endoderma hujayralari uchun qulay sharoit 
tashqi muhit bilan aloqada bo‘l;ishi hisoblanadi. Shuningdek, ekzogastrulyasiya 
mollyuskalar va baqa tuxumida sodir bo‘lishi tajribalarda kuzatilgan. 
Goltreter baqa tuxumini 0,35 % li natriy xlorid eritmasiga solib, 
ekzogastrulyasiya sodir bo‘lishiga majbur etgan. Xordomezodermal materiya 
dastlab yuzada, keyin ichkariga kirib, hamma tomonidan ichak epiteliysi bilan 
o‘rab olinadi. Ekzoembrionda pronefros, mezonefros, gonada, silliq muskul, xorda, 
yurak, selom bo‘shlig‘I, biritiruvchi to‘qima, ichaklar rivojlanadi. Bu organlar nerv 
yo‘li bilan bog‘lanmagan. Chunki nerv sistemasi rivojlanmagan bo‘ladi. 
Ektodermadan nerv nayi, ko‘z va uning qismlari, ko‘rish xaltasi rivojlanmagan 
bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin