198
va organizm bir butunligi muammosining individual rivojlanish nazaryasi bilan hal
etilmasligi embrional maydon gipotezasining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Organizmning har bir qismini alohida o‘rganib , butun organizm rivojlanishi
haqida xulosa chiqarib bo‘ladimi?
Rivojlanish jarayonini boshqarishga oid bir necha xildagi ma‘lumotlar
to‘plangan . ularning eng muhimlari quyidagilar:
1.butun organzm yoki uning tirik qismlarining rivojlanishi ma‘lum tartib asosida
boradi. Faqat ayrim hayvonlarning ayrim organlari ma‘kum sondagi hujayralardan
iborat. Bunday holatlarda ma‘lum nazorat bo‘lishi kerak .
2. Solishtirma embriologiya ma‘lumotlariga ko‘ra, bir tipga kiradigan , ammo bir
–biridan uzoq turlar ham rivojlanish davrida ma‘lum o‘xshashliklarni namoyon
qiladi. Bu ham rivojlanish jarayoning bir butun boshqarilishidir.
3.organizm bir butunligi va uning boshqarilishining ishonchli dalili embrional
regulyasiya va u bilan bog‘liq hodisalardir . organizmning bir butun
boshqarilishi organizmning murakkabligiga bog‘liq .
Ammo keyingi yillarda o‘z –o‘zini hosil qiladigan ko‘plab tirik sistemalar
aniqlandi. Bu sohani o‘rganadigan mahsus izika –matematika fani sinergetika
paydo bo‘ldi va biologik sistemalar bir butunligining boshqrilishi o‘rtasida yaqin
aloqa o‘rnatilmoqda . ayni paytda rivojlanishning bir butunligi ni nazorat qilish va
boshqarishning quyidagi muammolari o‘rganilmoqda:
1.
Ch. Chayldning fiziologik gradient gipotezasi va undan kelib chiqadigan
pozision axborot haqidagi qarashlar.
2.
morfogenetik maydon gipotezasi.
3.
sinergetik qarashlar asosida paydo bo‘lgan dissipativ struktura modeli.
Dostları ilə paylaş: