184
Hujayra kloni va differensiasiya.
Emrion rivojlanishi bilan differensiasiya
jarayoni ko‘plab hujayralarni qamrab oladi. Determinasiya va differensiasiya
tufayli hujayralar soni ortib, to‘qima hosil bo‘ladi. Bundan xulosa shuki,
differensiasiya mexanizmi, ya‘ni kompetensiya, determinasiya, differensiasiya
bosqichlari hujayra bo‘linish jarayonida yo‘qolmaydi, balki hujayraning keyingi
avlodiga , ya‘ni qiz hujayraga o‘tadi. Jumladan, differensiasiya tufayli paydo
bo‘ladigan fenotip hujayra bo‘linishi orqali qiz hujayraga genotip kabi beriladi.
Genotipik va epigenetic irsiyat avloddan avlodga o‘tishi va o‘zgarishining
saqlanishi bilan aniqlandi. Bitta hujayrani sun‘iy sharoitda ko‘paytirib to‘qima,
organlar va organism hosil qilish klon deyiladi (klon – novda degan ma‘noni
bildiradi) Jumladan, gonositlardan hosil bo‘ladigan jinsiy hujayralar, qon
hujayralari klonlari bunga misol bo‘ladi. Klonlar potensiyasining ro‘yobga chiqishi
uchun atrofdagi somatic hujayralar ta‘siri muhim ahamiyatga ega.
M.M.Zavadiskiy voyaga etgan tovuqda bitta, yagona rivojlangan chap
tuxumdonni olib tashlaydi, natijada rudimentar o‘ng tuxumdon ishlay boshlaydi.
Ammo o‘zgargan sharoitda rudimentar tuxumdon urug‘donga aylanadi, gonositlar
(qushlarda XX) spermatazoidga aylanadi. Shundan keyin ikkilamchi jinsiy belgilar
ham o‘zgaradi va erkak (sames) ga xos belgilar paydo bo‘ladi.
Hasharotlarda immoginal disk hujayra determinasiyasi, differensiasiyasi va
klonlar taxlili uchun qulay ob‘ekt bo‘lib, o‘tkazilgan tajribalar natijalari asosida
ko‘plab umumbiologik qonunyatlar yaratildi. Shveysariyalik biolog K.Xadorn
drozofillaning imaginal diskini lichinkadan ajratib olib, voyaga etgan hasharotning
tana bo‘shlig‘iga in‘eksiya qilgan. Bunda immaginal disk hujayralari ko‘paygan,
ammo differensiallashmagan, chunki differensiasiya uchun ektizon gormoni kerak.
Bugormon lichinkada bo‘ladi. Agar imaginal hujayra voyaga yetgan organizmda
ko‘paytirib, lichinkaga o‘tkazilsa, u di fferensiallashadi va shu hujayra hosil qilish
lozim bo;lgan organlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, imaginal disk doimiy determinasiya va differensiasiya
xususyatiga ega. Ammo Xadorn kuzatishicha, ba‘zan transdeterminasiya kuzatiladi
,ya‘ni bir disk hujayralaridan boshqa organlar hosil bo‘ladi. Jumladan
qisqichbaqasimonlarning antenulla hujayralaridan oyoq, qanot yoki ko‘z hosil
bo‘ladi.
Bu ma‘lumotlardan ikkita xulosa chiqadi: 1) determinasiya jarayoni
o‘zgarishsiz ko‘p bo‘linish orqali hujayradan hujayraga beriladi; 2)determinasiya
yopiq , yashirin holda saqlanadi. Demak,determinasiya genotip darajasida emas,
balki epigenotip darajada namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bir disk hujayrasi va undan hosil bo‘lgan hujayralar qaysi
diskka taaluqli ekanligini biladi. Har bir hujayra o‘z vazifasini, ya‘ni qaysi organni
hosil qilishini biladimi?Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, imaginal disk hujayralari bir
birining o‘rnini bosadi, ular dastlabki bosqichlarida regenerasiya xususyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: