183
bermaydi. Bu tajribalarda resipienga yadro bilan birgalikda oz miqdorda bo‘lsa
ham sitoplazma kiradi. Bu oz miqdordagi sitoplazmaning biokimyoviy vazifasi
qanday bo‘lishi no‘ma‘lum bo‘lib qolgan. King va Briggs tajribalarida embrionga
va yadroga ancha zarar yetkazilgan.
King va Briggs tajribalarini dumli amfibiyalardan tritonla r tuxumida
o‘tkazilganda rivojlanish umuman sodir bo‘lmadi. Demak,
dumli amfibiyalar
yadrosining differensiallanish qonunyatlari o‘ziga xos yo‘nalishga ega ekan.
Ammo ba‘zi olimlarning natijalari bu xulosalardan farq qiladi.
1962 yilda J.Gerdon Xenopus laevis itbaliqning ichak epiteliy hujayrasining
yadrosi emrional rivojlanishni ta‘minlashi mumkinlaigini isbotladi. O‘tkazilgan
726 tajribadan 10 tasida itbaliqlar rivojlangan. Demak, yadro hujayra
differensiasiyasini ta‘minlaydi, normal rivojlanish uchun zarur bo‘gangenetik
axborotni o‘zida saqlaydi. T.King va Mek-Kinnel (1962) da baqa tixum
hujayrasida o‘sma (adenokardisinoma) yadrosini ko‘chirib o‘tkazdi. Natijada
xorda , teri, bosh miya va muskullari differensiallashgan itbaliq paydo bo‘ldi
R.Briggs (1964) aksolotl tuxumining po‘stini olib tashladi,
uning xromasomasini
ultrabinafsha nur bilan zararladi. Tuxumni elektr toki ta‘sirida faollashtirib,
rivojlanishga majbur qildi. Ko‘chirib o‘tkazish uchun boshqa emrionning xordasi,
neyrulla, ektoderma kabi hujayralarining yadrosi olindi. Natijada rivojlanish
blastula yoki gastrulyasiyaning dastlabki davrigacha davom etdi, xolos
Ba‘zi olimlar tuxum yoki blastomer yadrosini ionli radiasiya bilan o‘ldirib,
rivojlanish davrida yadro yoki sitoplazma vazifasini o‘rganishga harakat
qilmoqdalar. Ularning
fikricha, bunda yadro o‘ladi, sitoplazmaga zarar yetmaydi.
V.V.Konyuxov (1973) fikricha, hujayra differensiasiyasi mahsus oqsillar
sinteziga bog‘liq. Bunday oqsillar sintezi DNK differensiasiyasi va I-RNK sintezi
bilan aniqxlanadi. Ba‘zi olimlar fikricha, differensiasiya va morfoginez jarayonida
hujayralar sistemasini bitta gen ishga tushiradi va ishni to‘xtatadi.Konyuxov
fikricha, dastlab ko‘payishni va metabolizimni boshqaradigan genlar depressiyaga
uchraydi, keyin hosil bo‘lishini boshqaradigan genlar faollashadi. Gisto- va
orgonogenezni boshqaradigan genlar depressiyaga uchraydi.
Xulosa aytganda, hujayra, to‘qima va organ differensiasiyasi davrida
genlarning ahamiyati to‘risida ko‘plab ilmiy ma‘lumotlar olingan.
Ammo bu
ma‘lumotlar ana shu jarayonlarni to‘liq isbotlash uchun yetarli emas. Shuning
uchun bu sohadagi tadqiqotlar kelajakda davom etdirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: