Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Har xil shakl hosil bo’lishida hujayralarning ishtiroki



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Har xil shakl hosil bo’lishida hujayralarning ishtiroki.
Embrion hujayralari 
hech qachon doimiy bo‘lmaydi. Dastlabki blastomerlarning shakli va 
joylashuvidan organizm hosil bo‘lguncha bir necha qonuniy o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. Embrion rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan morfogenetik jarayonlarni 
B.I.Balinskiy quyidagicha klassifikasiyalangan: 
1.Epiteliy qavatning mahalliy kengayishi.Bunday kengayish mexanizmi 
hujayralar soning ortishi, shaklining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Shunga ko‘ra, hujayraning shakli kubsimon, tayoqchasimon bo‘lishi mumkin. 
2. Epiteliy qatlamining shakllanishi. Epiteliy qatlami yuzasida yoriq hosil 
bo‘ladi. Bu ichki va tashqi yon mezodermaning rivojlanishiga sababchi bo‘lishi 
mumkin. 
3. Epiteliy qatlamida hujayralar to‘plamining paydo bo‘lishi. Hujayralar 
to‘plamining cheti qayrilib, nay hosil bo‘ladi. Bu nayning hosil bo‘lishi mexanizmi 
har xil bo‘ladi. Nerv plastinkasining hosil bo‘lishda epiteliy hujayralari to‘plami 
ko‘payadi. Cho‘ntaksimon kengayish sodir bo‘lsa, jinsiy organlar pufagi hosil 
bo‘ladi. Epiteliy pufagi va bezlar ham shu yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Agar tashqi 
kengayish sodir bo‘lsa, har xil o‘simtalar hosil bo‘ladi. 
4. Takomillashgan hujayralarning birlashishi. Nerv plastinkasi chetlarining 
birlashishi natjasida nerv nayi hosil bo‘ladi. 
5. Epiteliy qatlami ma‘lum qismining yemirilishi. Buning natijasida 
mezinximadan ba‘zi organlar hosil bo‘ladi. Epiteliy qatlami ma‘lum qismining 
yemirilishi shu qatlamning buzilishi hisoblanadi. Ovqat hazm qilish kanali 
atrofidagi epiteliyning yemirilgan joyini mezenxima egallaydi. Undan ichakning 
silliq tolali muskuli va biriktiruvchi to‘qimasi hosil bo‘ladi. 
6.Mezenxima hujayralarining to‘planishi. Buning natijasida mezinximadan 
tog‘ay, suyak va muskul to‘qimasi hosil bo‘ladi. 
7.Har 
xil epitelial tuzilmalar atrofida mezinximaning to‘planishi. 
Mezenximadan tog‘ay, suyak kapsullalari hosil bo‘lishi mumkin. Jumladan


173 
eshitish, hid bilish, bosh suyaklari, buyrak, jigarning biriktiruvchi to‘qimalaridan 
iborat bo‘lgan kapsulasi hosil bo‘ladi. 
8. Mezinximaning ikkilamchi epiteliylanishi. Qushlarning birlamchi tana 
bo‘shlig‘idan mezoderma qavatiga migrasiya qilgan hujayralardan somitlar va 
boshqa tuzilmalar hosil bo‘ladi. 
Morfogenetik jarayonlarda har bir hujayraning bajaradigan vazifalarini 
aniqlash eksprimental embriologiya fanining vazifasidir. Har qanday hujayrada 
fagositar xususiyat va amyobasimon harakat mavjud. Shakl hosil bo‘lishida faqat 
hujayra emas, balki embrion qavatlari ham ishtirok etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin