Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

O’q skeletining rivojlanishi.
Bunda eng muxum xordaning paydo 
bo‘lishidur. Undan keyin to‘g‘ay tuzilmalari rivojlanadi va to‘garak og‘izlilar 
hamda tog‘ayli baliqlar uchun doimiydir. Ko‘ pchilik umurtqalilar 
rivojlanishining keyingi bosqislarida tog‘ay suyak bilan almashinadi. 
O‘q skelet sklerotomdan rivojlanadi. Sklerotom somitlari mezenxima 
hujayralaridan paydo bo‘ladi. Sklerotom mezenximasi rivojlanayotgan orqa 
miyaning atrofini o‘rab olib, umurtqa pog‘onasini hosil qiladi. 
Tog‘ayli qovurg‘alar umurtqalilar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib,
ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bosh suyaklarning hosil bo‘lishi murakkab bo‘lib, 
xordaning yuqori qismida paydo bo‘ladi. Dastlab bosh miyani o‘rab turdigan
birikturuvchi to‘qimani hamda eshitish, ko‘rish va hid bilish organlari rivohlanadi.
Bosh suyaklari dastlab tog‘aydan iborat bo‘lib, keyin u suyakka aylanadi. 
Umurtqalilar embrionning dastlabki bosqichlarida boshning tog‘aylari bir necha 
bo‘lakdan, ya‘ni trabekuladan, paraxordal tog‘ay va eshitish, ko‘rish, hid bilish 
organlar atrofidagi tog‘ay kapsula bo‘laklaridan iborat bo‘ladi. Trabekul ganglioz 
plastinkadan, tog‘ay kapsulalar mezenximadan paydo bo‘ladi.
Yurakning rivojlanishi.
Qon, yurak va limfa sistemasi mezodermadan kelib 
chiqan Yurak rivojlanishi amfibiyalarda yaxshiroq o‘rganilgan. 
Gastrulyasiya jarayonida mezoderma hujayralari ekto va entoderma o‘rtasida 
tarqab ketadi. Neyrula bosqichida mezodermaning orqa va orqa yon qismi 
embrionning boshigacha davom etadi. Neyrulyasiyadan keyin bo‘sh joylarga


169 
87- rasm Mezodermada hosilalarning rivojlanishining to‘rta ketma ket bosqichi 
(A-G) ( A.A. Zavarzin , bo‘yicha). 
a-aorta; v k- volf kanali; v.m- mezodermaning viseral qavati; gl- glomus; dt – 
dermatom; mt- mitom; nst- nefrostom; nt- neftotom; p.m – mezodermaning paritel 
qavati; x- xorda; s- selom. 
88- rasm Har xil ayruv organlarning tuzilishi ( A-D-A. G. Knorre, 81959; ye- J-
R. Frazer, 1950 bo‘yicha). 
A-protonefridiya (tuban chuvalchanglarda); B- metanefridiya yoki selomodukt ( 
halqali chuvalchanglarda); V- tuban umurtqalilarning lichinka va embrion ayruv 
organi; G- birlamchi buyrak(yuksak umurtqalilarning embrionida); D- ikkilamchi 
buyrak(yuksak Umurtqalilarda); ye, J- ikkta assosiy ekskretor sistema: 1 –
protonefridiyaning oxirgi uchi; 2- pronefediyaning uchining kattalashtirib 
ko‘rsatilgani; 3- hilpillovchi kipriklar; 4- - pronefridiyaning chiqaruvchi teshigi; 5- 
metanefridiya kanallari; 6- metanefrediyaning sellomga ochilgan voronkasi; 7-
metanefrediyaning chiqaruvchi teshigi; 8- sellomning devori; 9- teri epitelyisi;
10- gavda segmentlarining oralig‘I; 11- dastlabki buyrak kanallari; 12- unning 
sellomga ochiladigan voronkasi; 13- dastlabki buyrak kanali; 14- globus; 15- 
aorta; 16- unning segmentli tarmoqchalari; 17-qon olib ketuvchi arteriya;18- 
malpigi tanachasi; 19- birlamchi buyrak kanali; 20- siydik kanali; 21- bo‘shliq; 
22- metonefrogen to‘qima; 23- ikkilamchi uyrakning taraqqiy etayotgan kanali; 24- 
burak arteriyasi‘ 25- nefrosel; 26- nefrostom. 
mezenxima hujayralari tarqaladi va yurak hosi bo‘lishida qatnashadi. Bu 
hujayradan yurakning endokard qavati hosil bo‘ladi uzun naysimon bo‘lib 
joylashgan mezenxima hujayralaridan aorta hasil bo‘ladi Epikad va miokard 
qismi mezodermaning visceral qavatidan hosil bo‘ladi. Yurak dastlab to‘g‘ri 
naysimon, bo‘limlarsiz paydo bo‘ladi. Burulish va qatlamlanish natijasida yurakda
4 ta bo‘lim: enoz sinus, yurak oldi. Qorincha va arterial sinus hosil bo‘ladi. Yurak 
to‘liq shakillanish va qon tomirlari hosil bo‘lishidan oldin ishlay boshlaydi. 
Qushlarda yurak rivojlanishining 2- kunida paydo bo‘la boshlaydi. 
Yurak rivojlanishida embrion barcha qavatlarining hamkorligi zarur. O. 
Mangold 1936 yilda, B.I.Balinskiy 1939 yilda amfibiyalar embrionning
ektoderma qavati, mezodermani zararlamasdan olib tashlaganda, yurak 
rivojlanmagan. Qon tomirlar rivojlanishida esa faqat mezonxima ishtirok etadi. 
Qon gemoblastlardan paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin