Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Ektodermadan hosil bo’lgan organlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Ektodermadan hosil bo’lgan organlar 
Embrionning ektoderma qavatidan bezlar, tuklar, teri va boshqa epiteliy 
to‘qimasining hosilalari, nerv va sezgi organlar hosil bo‘ladi (5 – jadval). 
Neyrulyasiya
. Umurtqali
 
hayvonlar
 
embrion taraqqiyotida gastrulasiyadan
keyin neyrulyasiya, ya‘ni o‘q organlar- nerv nayi ( bu bosqichning nomi shundan 
olingan), xorda va mezoderma somit paydo bo‘lishi bosqichi sodir bo‘ladi. Bu
bosqichdagi embrion neyrula deb ataladi. Nerv sistemasini hosil qiluvchi 
hujayralar yirik bo‘lib, ular xorda va somitni yopib turadi nerv plastinkasining 
chetidan 2ta nerv yoki medulyar valik boshlanib, ular nerv sistemasini hosil 
qiladi. Bu valiklar dastlab embrionning oldingi qismida, keyin o‘rta va orqa
qismida hosil bo‘ladi. Ular birikib, nerv yoki medulyar nayni hosil qiladi. Bu 
naydan orqa miya taraqqiy etadi. Uning birikib, nerv yoki oldingi qismi 
kengayib, bosh miyani hosil qiladi. Medulyar nay epidermisdan to‘liq ajraladi. 
Epidermisning chetlari nerv nayining ustki qismi bilan birikadi. Shunday qilib
nerv nayi orqa va bosh miyaga aylanadi (82-rasm). 
Nerv nayi oldingi qismining turli joylarining notekis o‘tishi tufayli har xil 
kattalikdaki kengaygan joylar paydo bo‘ladi (83- rasm). Ayniqsa, 3ta: oldingi, o‘rta 
va orqa miya pufagi hosil bo‘ladi. Oldingi miya pufagi keyinchalik katta miyaga 
yoki oxirgi miyaga va oraliq miyaga aylanadi. O‘rta miya pufagidan 


161 


162 
81-rasm. Umurtqali hayvonlar embrion varaqlaridan organlarning hosil bo‘lish
bosqichlari ( M.Zusamen, 1977 bo‘yicha). 
o‘rta miya hosil bo‘ladi, orqa miya pufagidan miyacha, miyaho‘prigi va uzunchoq 
miya hosil bo‘ladi. 
Oraliq miyaning pastki qismidan gipofiz, devoridan esa gipotalamus va 
epiviz bezlari paydo bo‘ladi. Nerv sistemasining murakkabligiga qarab harxil 
hayvonlarda markaziy nerv sistemasining o‘ziga xos anatomik , gistologik
xususiyatlari paydo bo‘lgan. 
82- rasm. Triton embrionning netrulyasiya davrida ektodermal hujayralar
shaklining o‘zgarishi ( B. Karlson, 1983 bo‘yicha). 
Tuban umurtqali hayvonlarda, jumladan , jinsiy voyaga yetgan akulasimon 
baliqlarda nerv sistenasidan deyarli farq qilmaydi. Yuksak umyrtqalarida, 
ayniqsa, odamlarning embrionning bosh miyasi morfolagik jixatidan jinsiy 
voyaga etgan baliq yoki amfibiya bosh miyasidan farq qilmaydi. Ammo odam 
jinsiy voyaga yetganda uning miyasi tuzilishi jixatidan tuban umurtqalilarning
miyasidan tubdan farq qiladi. Progressiv evolyusiya jarayonida organizimlarni 
tashkil etadigan hamma organlarni ham murakkablashmagan. Masalan, 
qushlarning yoki hashoratlar ko‘zining ayrim xususiyatlari sut emizuvchilarning
ko‘ziga nisbatan yuqori darajada tuzilgan. Bosh miya odamning kelib chiqishi va 
evolyusiyasi jarayonida yuksak darajada takomillashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin