232
2.rivojlanish turlarini ayting.
3.
to‘ri rivojlanish va uning turlarini ayting.
4.
metamorfozli rivojlanish va uning turlarni ayting
5.
chala o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanish va uning turlarini ayting.
6.
to‘liq o‘zgarish yo‘li bilan rivijlanish va uning bosqichlarini aytib
bering.
7.
gidroid poliplar metamorfozini aytib bering.
8.
ninatanlilar
metamorfozini aytib bering
9.
hasharotlar metamorfozini aytib bering.
10.
assidiyalar metamorfozini aytib bering.
11.
minogalar metamorfozini aytib bering
12.
baliqlar metamorfozini aytib bering.
13.
amfibiyalar metamorfozini aytib bering
14.
metamorfoz jarayoning gormonal boshqarilishini tushuntiring
XIII-BOB. ONTOGENEZ BA EVOLYUSIYA. BIOGENETIK QONUN
BIOGENETIK QONUN HAQIDA TUSHUNCHA
1828 Yilda K.Ber har xil umurtqali hayvonlar embrioni rivojlanishining
dastlabki bosqichlari o‘xshash bo‘lishini kuzatib, o‘zining ―embrionlar
o‘xshashligi‖ qonunini yaratdi. Ch.Darvin o‘zining evolyusion ta‘limotini
yaratishda bu qonundan keng foydalandi. U.qadimgi
va hozirgi hayvonlar
embrioni bir-biriga o‘xshashligiga ishondi. Bunda Darvin ajdod belgilari
takrorlanishini bilardi.
F.Myuller va E.Gekkel (1866-1874) Darvinning evolyusion ta‘limoti
ta‘sirida biogenetik qonunni yaratdilar. Gekkel bu qonunni ―asosiy biogenetik
qonun‖ deb atadi. Biogenetik qonun Darvin g‘oyalariga yaqin bo‘lganligi uchun
uni Darvin –Myuller –Gekkel qonuni deb atash mumkin.
Biogenetik qonunni
asoslash uchun Myuller ko‘p ish qildi. Uning aniqlashicha, har xil turga kiradigan
qisqichbaqasimonlarning lichinkalik davri bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi.
Jumladan, krablarda parazitlik qiladigan Sacculina jinsiy voyaga etganda
qisqichbaqasimonlarga o‘xshamaydi, ammo uning lichinkasi tuban
qisqichbaqasimonlarga o‘xshaydi. Myuller shunday xulosaga keldiki,
hamma
tuban qisqichbaqalar hozirgi qisqichbaqalarning lichinkasiga o‘xshaydigan bitta
ajdoddan kelib chiqqan.
Gekkel va Myuller individual rivojlanish davomida shaklning o‘zgarib
borishining filogenez bilan bog‘liqligini tushunib yetdilar.
―Ontogenez irsiyat va moslanish tufayli filogenezning qisqa tez
takrorlanishidir‖. Biogenetik qonunning mazmuni,
mohiyati ana shundan iborat
bo‘lib, u ancha keng va murakkabdir. Jumladan, hamma hayvonlarning tuxumi
o‘xshash bo‘ladi, evolyusiya jarayonida taraqqiyotning keyingi davrlarida yangi
233
bosqichlar qo‘shilishi tufayli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, agar har xil omillar ta‘sir
etmasa, embrional rivojlanish davrida uning tarixiy taraqqiyotini ―kinofilm‖ kabi
tomosha qilish imkoniyati bo‘ladi. Masalan, sut emizuvchilar ―filmida‖
sodda
hayvonlardan sudralib yuruvchilargacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot namoyish
etilardi. Ammo belgilarning o‘zgarishlarsiz namoyon bo‘lishiga embrion, lichinka
va jinsiy voyaga yetgan formalarning muhit sharoitlariga moslanishi yo‘l
qo‘ymaydi.
Biogenetik qonundan shu narsa ma‘lumki, qadimgi belgilar embrional
rivojlanish davrida namoyon bo‘lishi lozim. Ammo bu ketma-ketlik ko‘p hollarda
buziladi. Biogenetik qonun tarafdorlari bunday holatni quyidagicha izohlaydilar.
Evolyusiya jarayonida organizmlar taraqqiyoti qisqargan (filogenezga nisbatan),
taraqqiyotining o‘zi soddalashgan, organlar taraqqiyot yo‘li o‘zgargan.
Organlar
hosil bo‘lishi va rivojlanishining o‘zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ba‘zi
olimlarning fikricha, progressiv organlar embrion rivojlanishinihg dastlabki
davrlarida paydo bo‘ladi (Menert). Masalan, bosh miya,
sezgi organlari, yurak
ertaroq, jinsiy organlar va ichaklar kechroq paydo bo‘ladi.
Gekkel bunday o‘zgarishlarni tan olmadi. Quruqlik hayvonlarida o‘pka,
baliqlarda suzish pufagi orqa jabra xaltasi o‘zgarishidan hosil bo‘lgan.
Biogenetik qonun Gekkel tomonidan filogenezni ―tiklash‖, organiк dunyo
qon-qarindoshligini bilish uchun foydalanildi. Gekkel organiк dunyoning
paleontologik ma‘lumotlarga ega bo‘lmagan qismi haqida juda ko‘p
narsalarni
oldindan aytib bergan, ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi haqida gasteriya
nazariyasini yaratdi. Gekkel tasavvur qilgan hayvon embrionning gastrulyasiya
davriga o‘xshaydi.
Dostları ilə paylaş: