Individual va guruhiy, oilaviy psixologik konsultatsiya Reja: 1.Guruhiy psixologik maslahatning o`ziga xos jihatlari.
2.O`zaro ta’sir jarayonida konsultantning funksiyasi, assistentning funksiyasi.
3.Guruhiy psixologik maslahatning samaradorligi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslahatni qo`llash.
5.Individual ish ko`rsatmalari va individual psixokorreksiya bosqichlari.
6.Guruhiy psixokorreksiyaning o`ziga xosligi va psixokorreksion guruh bilan ishlash.
7.Korreksion guruh turlari.
Guruhiy psixologik maslahatning o`ziga xos jihatlari Guruh bu ijtimoiy yaxlitlikdan ma’lum byelgilariga ko`ra (faoliyat xaraktyeri, ijtimoiy mavqyei, rivojlanish darajasi va b.q.) ajratib olingan, chyegaralangan hajmga ega kishilar jamoasidir.
A hamiyatligiga ko`ra(ryefyeryent, a’zolik guruhlar); Ajratilgan byelgilar har bir konkryet guruhni faoliyatdagi maqsad va vazifalarining o`ziga xosligini byelgilab byeradi. sixokorryeksion guruh −o`z-o`zini tahlil qilish, shaxsiy ko`nikmalarni hosil qilish, shaxslararo munosabatlarni tahlil qilish maqsadida sun'iy birlashgan kichik guruhlarga aytiladi. Bu o`zaro tasir shu yyerda va hozir tamoyili asosida guruh a’zolari o`zlari bilan yuz byerayotgan jarayonlarni o`rganadilar.
Guruhiy psixokorryeksiya ochiq va yopiq guruhlarda o`tkaziladi. Katta guruhlar − 25-30 kishi va kichik guruhlar – 5-8-12 kishidan iborat bo`ladi.
Yopiq guruhlarda guruh azolari soni doimiy bo`lsa, ochiq guruhlarda o`zgarib turishi mumkin. Guruhga og`ir jismoniy nuqsonlarga ega bo`lgan, ruhiy sog`lig`i buzilgan, guruhda ishlashni istamagan, yaqin qarindoshlarni, xizmat doirasida bir-biriga tobye bo`lganlarni, bir-biriga o`ta adovatli kishilarni qabul qilish mumkin emas.
Guruh qisqa muddatli(1-6 oygacha) yoki uzoq muddatli (bir nyecha yilgacha) bo`lishi mumkin. Mashg`ulotlarning qisqa yoki uzunligi korryeksion ta'sirning maqsad va shakliga ko`ra har xil bo`ladi. Bir haftada uchrashuv soni 2-4 ta, vaqt davomiyligi 20-90 minutgacha bo`lgan holda byelgilanadi. Marafon psixokorryeksion mashg`ulotlar o`z maqsadlaridan kyelib chiqgan holda 9-16-18 soat davom etishi mumkin.
Psixokorryeksion guruh rahbari oliy psixologik ma’lumotga, ushbu yo`nalishda mutaxasislikka, shuningdyek, individual-guruhiy ishlarda mijoz sifatida tajribaga ega bo`lishi zarur. Har bir guruh yuqori kasbiy malakalarga ega bo`lishi lozim.