Individual va guruhiy, oilaviy psixologik konsultatsiya Reja


Guruhiy psixokorreksiyaning o`ziga xosligi va psixokorreksion guruh bilan ishlash



Yüklə 130,62 Kb.
səhifə9/11
tarix13.12.2023
ölçüsü130,62 Kb.
#174642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guruhiy psixokorreksiyaning o`ziga xosligi va psixokorreksion guruh bilan ishlash
Guruhiy mashg`ulot o`zining qonun-qoidalariga ega, tryening davomida ishtirokchilarning qoidalarga amal qilishlari ta'minlab boriladi. Tryening dasturini ishlab chiqish o`yin faoliyatining ma'lum bir dinamikasini tashkillashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Tryeningda qo`llanilgan myetodlarning asosiy vazifalari quyidagilar bilan izohlanadi:
1) O`quvchilarni o`z hissiyot va emotsional ryeaksiyalarini boshqara olishga o`rgatish;

  1. shaxslararo munosabatlar jarayonida namoyon bo`ladigan muloqot ko`nikmalari va malakalarini hosil qilish;

  2. shaxsning ijtimoiy-psixologik bilimdonligini kuchaytirish;

  3. samarali muloqotda namoyon bo`ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish, noadyekvat jihatlarni korryeksiya qilish;

  4. o`z-o`zini to`laroq anglash, bilish hamda o`zgalarga nisbatan to`g`ri munosabatlarni shakllantirish qobiliyatini o`stirish;

6) umuman, shaxsning ijtimoiy munosabatlarining ijtimoiy-psixologik vaziyatlarga mosligini ta'minlash va muvofiqlashtirish.
Psixologik tryeningning afzalliklari quyidagilarni tashkil qiladi:

  1. Guruhda insonni kyerakli tarzda o`z xulq-atvorini o`zgartirishga majbur qiladigan qo`shimcha stimullar ta'sir qiladi.

  2. Guruhda inson o`zini psixologik himoyalangandyek his qiladi. Chunki odatda guruh bilan ishlashda insoniy munosabatlarning ijobiy muhiti yaratiladi.

  3. Guruh insonga yanada chuqurroq ochilishga yordam byeradi va bu esa unga yyengillashish hissini byeradi.

  4. Guruh individda shaxslararo xulq-atvorning yangi adaptiv shakllarini paydo qiladi.

  5. Guruh o`z-o`zini tushunishga ko`proq yordam byeradi, chunki mijoz o`zini boshqalar bilan qiyoslab ko`radi. Natijada esa inson o`zi haqida yanada to`g`riroq tasavvurni shakllantiradi.


Yüklə 130,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin