Guruhiy psixologik maslahatning samaradorligi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Ijtimoiy psixologik trening ta’sir ko`rsatish metodi sifatida jahon amaliyotida keng qo`llanilib kelinmoqda. Ijtimoiy psixologik trening shaxslararo bir-birini tushunish, muloqotning empativ potentsiallarini oshirish, ichki muammolarni hal etishga imkon tug`diradi. Kundalik hayot vaziyatlaridagi reaksiyalar jiddiy yashirin tarzda bo`lsa, guruhlardagi bu jarayon ochiq tarzda vujudga keladi. Guruhlarda «Yashashni qayta boshlash» mumkin. Moslanish va taraqqiy etishga halaqit beruvchi hulqdagi stereotiplarni bardosh bilan yengish, tevarak atrofdagilar bilan o`zaro munosabatlardagi yangi malakalarni o`zlashtirish mumkin.
Ijtimoiy psixologik trening − psixoterapiyaning murakkab hamda eng samarali metodlaridan biri bo`lib, uning muvaffaqiyatli o`tishi guruh a’zolarining istaklari, shu muammolarini tan olishi, nimanidir o`zlashtirishga intilishiga bog`liq bo`ladi. Ijtimoiy psixologik treningni muvaffaqiyatli o`tishi kuzatuvchi yoki bajaruvchigagina emas, balki barcha guruh a`zolarining hamkorlikdagi faol harakatlarini talab etadi.
Buni barcha qatnashuvchilar bilimi, salbiy emotsiyalarni qabul qilishga tayyorligi, bu esa o`z navbatida psixologik himoya va yangi xulq-atvorni shakllantirishning shakli ekanligini bilish zarur.
Amyerikalik psixolog T. Mitchyellning fikricha, o`zaro ta'sir guruh sharoitida quyidagi omillar vositasida ro`y byeradi: Ayrim a'zolar boshqalariga nisbatan ko`proq gapirishga moyil bo`ladilar;
Yuqoriroq mavqyega ega bo`lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga taz’yiq o`tkazishadi;
Guruhda ayrim odamlar ta'sirida asosiy maqsaddan chyetlashish va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish hollari kuzatiladi;
Barcha a'zolar o`zlari syezmagan holda konformlilikka byerilishlari va guruh ta'siriga tushib qoladilar.
Hozirgi ijtimoiy hulqni yangi bozor munosabatlariga mos tarzda tashkillashtirish, boshqarishga o`rgatish dolzarb bo`lib turgan sharoitda ijtimoiy psixologik trening nafaqat mutaxassis psixologlarga, balki barcha ijtimoiy boshqaruv soha hodimlari uchun ham foydalidir.