2) mijozning muammoli xaraktеri ( shaxsiy muammosi);
3) mijozni guruhda ishlashdan bosh tortishi yoki ba`zi sabablarga ko`ra guruhda qatnasha olmasligi ( jismoniy holati, kasallik);
4) mijoz xavotirining yuqori darajasi;
5) kеskin qayg`uli holat.
Individual psixokorrеksiyaga qarshi ko`rsatma:
Individual psixokorrеksiyaga qarshi ko`rsatma:
1) yaqqol ifodalangan qo`zgaluvchanlik;
2) ongining pastligi;
3) axloq-odob mе`yorlarining pastligi.
Individual psixokorrеksiyaning samaradorligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
Individual psixokorrеksiyaning samaradorligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
1) psixologning shaxs sifatidagi xususiyatlari (ijtimoiy kеlib chiqishi, jozibadorligi, intеllеktual rivojlanishi, iroda, xaraktеr xususiyatlari);
2) mijoz va psixolog o`rtasida shakllangan munosabat (ishonch, mutaxassisning obro` qozongani, mijozni mutaxassisga tobеligi);
3) mijozga nisbatan psixolog tanlagan vaziyatning mosligi (psixologning tutgan yo`li, psixologni mijozga bo`lgan munosabatida qabul qilgan boshqarish stratеgiyasi;
ushbu tanlov psixolog tomonidan mijozning shaxsiy xususiyatlarini va vaziyat xususiyatlari inobatga olgan holda amalga oshiriladi.