Inflasiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liqlik. Fillips egri chizig'i



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/3
tarix13.02.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#84166
1   2   3
Inflatsiya

2. Inflatsiyaning turlari.

  • Talab va taklif inflatsiyasi. Talab inflatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya‘ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur‘atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda yalpi talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi.
  • Taklif inflatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‗sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo va yoqilgi narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta‘sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin