Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflatsiyasini qat‘iy chegaralash qiyin. Ba‘zida bu ikki turdagi inflatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflatsiya darajasini e‘tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar.

3. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik.
Fillips egri chizig‘i. Iqtisodiyot o’z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo’linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflatsiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya‘ni talab inflatsiyasi ro’y beradi. Ishsizlik va inflatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig‘i deb ataladi. Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi.