Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish


Inflatsiyaning maqsadli siyosati natijasi, natijalar tahlili va prognozi



Yüklə 145,54 Kb.
səhifə12/14
tarix16.04.2022
ölçüsü145,54 Kb.
#55558
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish

2. 4. Inflatsiyaning maqsadli siyosati natijasi, natijalar tahlili va prognozi.

Har qanday inflatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamla-katlarning inflatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular inflatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va to‘lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.

Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozidan keyingi sharoitida inflatsiyaga qarshi chora tadbirlarni keskin amalga oshirish zarurati yanada kuchaydi.

Bugungi kunda inflatsiyaga qarshi kurash milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omiliga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlar baholari o‘sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan asosiy sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish,va h.k.lar inflatsiya149 sur’atlarini cheklash imkonini beradi.

Mamlakatimizda iste’mol narxlari indeksi asosida hisoblangan inflatsiya darajasi 2000 yilda 28,2 foizni, 2001 yilda 26,6 foizni, 2002 yilda 21,6 foizni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2003 yilda 3,8 foizni tashkil qilgan. 2002 yilga nisbatan 2003 yilda inflatsiya darajasining keskin pasayishiga makroiqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar hamda metodologiyadagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatgan.

Makroiqtisodiy siyosatdagi o‘zgarishlar: 2003 yildan boshlab davlat budjeti kamomadini qoplash uchun Markaziy bank tomonidan kreditlash to‘xtatildi hamda Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlarni berishga chek qo‘yildi. Natijada inflatsiyaning ikki yirik o‘chog‘i so‘ndirildi.

2017 yilga kelib inflatsiya darajasi barqaror holatdan yan yuqriga ko‘tarilganligi ko‘rishimiz mumkin va bunga asosiy sabab sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yilning sentyabr oyida imzolagan farmoniga ko‘ra konvertatsiya ochilganligi olishimiz mumkin. Shu sababdan oxirgi 3 yilda buyon inflatsiya darajasi 14 %dan yuqori ko‘rsatkichmi tashkil etmoqda.



YaIM deflyatori asosida hisoblangan inflatisya darajasi 2019 yilda 22 %ni, 2020 yilda 18,2 %ni tashkil etib, 2021-2022 yillarda 13,7-10,6 % darajasida prognoz qilinmoqda.


Yüklə 145,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin