Inflyatsiya,uningmazmuni,kelibchiqishsabablarivashakllari.Muomaladagipul massasi va uniboshqarish.
Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi7.4.Inflyatsiyagaqarshi kurashishmaqsadidapul-kreditsiyosativa
uning amaliy ahamiyati Inflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish»,
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi.
Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450mln. grin bek) qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi
shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadiigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQShda 1-2%ni tashkil etgan. Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.85 Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.86 Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum
85 Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited. 2013. 610 page.
2. Jo‘raev T.T., Jo‘raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi
va davlatning soliq siyosati» T.: 1994 y.
davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba‘zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo‘lishi mumkin.