O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadii, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSh da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Evropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchiinflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100
% gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 %dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya.Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik o`sish sur‘atlari 100 % dan ko`p bo`lib ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, chet el valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya sur‘atlari 1985 yilda Boliviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham geperinflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya darajasi eng yuqori cho`qqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan87. Inflyatsiyaning kelib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
87Z.D.Niyozov ―Pul kredit va banklar‖ S. 2012 – Niyozov Z.D.