FAVQULODDA VAZIYATDA O‟QITUVCHILAR VA O‟QUVCHILAR
TARKIBINING HATTI - HARAKATI
Umumta‟lim maktab muassasalarining rahbarlari va shtab boshliqlari oldiga
favqulodda favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi uchun zarur bo‟lgan
kuch va mablag‟lardan tashqari juda ko‟p vazifalar qo‟yiladi. Bularga
qo‟yidagilarni kiritish mumkin: Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofarzasi
haqida barcha o‟qituvchilarga ma‟lumot berish, o‟z vaqtida tibbiy va yakka maxsus
muhofazalanish vositalari bilan ta‟minlash, o‟quvchilar va jabrlanganlarga tez
tibbiy yordam berishning tashkil qilinishi, qidiruv-qutqaruv ishlarining olib
borilishi, yong‟inning uchirilishi, qidiruv va jabrlanganlarni ko‟chkinlar tagidan
olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‟rsatish, qisman bo‟lsada o‟quvchilar
zaharlanishining oldini olish. Tozalash ishlarini olib borish, radioaktiv moddalar,
zaharli moddalar va bakterial vositalarining miqdorini aniqlash, buning uchun
dozimetrik va ximiyaviy nazorat asboblaridan unumli foydalanish zarur. Bunday
vaziyatlarda o‟qituvchi komandir rolini bajaradi. O‟quvchilardan guruhlar tuziladi,
vazifalar ma‟lum bo‟lishi bilan o‟qituvchi barcha guruhlarga o‟z vaqtida
vazifalarni bo‟lib beradi, vaqtni belgilaydi, katta guruhlarga qo‟shimcha vazifalar
ham beradi, shundan so‟ng vaziyatni aniqlab biror qarorga kelinadi.
Vazifani bayon qilib, u qo‟yidagi vazifalarni tushuntirishi kerak: Oldinda
turgan va amalga oshiriladigan hatti-harakatlarning maqsadi, fuqaro muhofazasi
boshlig‟i, ya‟ni direktorning fikri, uning vazifasi, vazifaning bajarilishida
o‟quvchilarning roli, qo‟shnilarining vazifasi va ular bilan birgalikdagi amalga
oshiriladigan hatti-harakatlar hamda vazifalarning bajarilishi uchun sarflanadigan
tayyorgarlik vaqti to‟g‟risida ma‟lumotlar beradi.
Vazifani bayon qila turib, tezlik bilan bajarilishi kerak bo‟lgan tadbir
o‟tkazishi shart. Shuningdek yuqori sinf o‟qugchilariga qo‟shimcha vazifalar
belgulash lozim.
Favqulodda vaziyat sharoitini baholashda shtab boshlig‟i tomonidan birinchi
navbatda o‟quv yurti joylashgan xudud va uning atrofidagi radision, ximiyaviy va
bakteriologik vaziyatlarning qanchalik xavfsiz ekanligiga e‟tiborni qaratishi zarur,
xavfsiz joylarga ko‟chirish jarayonida yong‟inlardan extiyotlik choralarini kurish,
ob – havoning holatiga, yil fasliga va ularning oldiga quyilayotgan vazifalarining
bajarilish jarayoniga ham e‟tibor berilishi lozim. Vazifa bayon qilingandan sung
qarorning bajarilishi natijasi va favqulodda vaziyat sharoitini baholagandan so‟ng
o‟qituvchi tomonidan olib boriladigan qidiruv – qurqaruv ishlarining kengligi,
birinchi tibbiy yordam, ko‟proq e‟tibor berilishi shart bo‟lgan joylar, ishning
borishi, kuch va mablag‟ning taqsimlanishi ko‟chirish tartibini aniqlaydi. Vazifalar
qo‟yilishida katta guruhlarning o‟quvchilariga qidiruv – qutqaruv ishlarini olib
boriladigan joylarni belgilash va jabr ko‟rganlarga birinchi tibbiy yordam
ko‟rsatish, ularni zarar ko‟rilgan joylardan olib chiqilsh tartib qoidalari va
transportlarga yuklanishi, vazifalarning bajarilish vaqti, aloqaning ta‟minlanishi,
vazifa bajarilgandan so‟ng yig‟ilish joyi hamda vaqti tug‟risida o‟qituvchi
tomonidan o‟quvchilarga ko‟rsatmalar beriladi.
Vazifalar bo‟lingandan so‟ng o‟qituvchi uning bajarilishini kuzatib boradi va
ehtiyot choralarini ko‟rib, kerakli yordam ko‟rsatadi. Shundan so‟ng katta guruh
ishlarining bajarilishi haqida ma‟ruzani va nurlangan joylar haqida ma‟lumotlar
eshittiriladi. Katta guruh ishlarini umumlashtirib, fuqaro muhofazasi boshlig‟ga
ya‟ni direktorga ma‟lumot beradi va uning ko‟rsatmasiga binoan harakat qiladi.
Maktablarda qidiruv – qutqaruv ishlarini asosan o‟qituvchilarning aniq va
mukammal ishlangan rejasi asosida tashkil qilinadi. Maktabdagi fuqaro muhofazasi
shtabning komandiri shaxsiy tarkibni zararlangan hudud aniqlangandan sung
xavfsiz deb belgilangan hududlarga vaqtdan unumli foydalangan holda olib
chiqadi. Maktabdagi qidiruv – qutqaruv ishlarining yaxshi olib borilishi shundan
iboratki, u signal olingan zaxotiyoq boshlanishi shart va to‟liq nihoyasiga
etkazilishi kerak. Maktablarda qutqaruv ishlarini olib borish asosan ikki etapga
bo‟linadi:
Birinchi etap – favqulodda vaziyatlar ro‟y bergan joydan olingan
signaldan,toki o‟pga joyga etib kelinishi,
Ikkinchi etap – etib kelishdan tortib, o‟quvchilarning zararsizlantirilgan
joylarga etkazilishi, ularga birinchi tibbiy yordam kursatish ahvoli og‟ir deb
hisoblanganlarni maxsus transport vositalari yordamida shifoxonalarga junatilishi
zarur.
Hamma narsa o‟qituvchining harakati va aqliga bog‟liq buladi.
Birinchi etapdagi qidiruv – qutqaruv ishlarini maktab dirertori tomonidan tashkil
qilinadi, boshqa vazifalarni esa o‟qituvchilar bajaradi. Pedagoglar jamoasi
jipslangan tarzda o‟z kuchlari bilan birgalikda bajaradi. Yong‟in va zarar haqida
direktor rayon markazidagi fuqaro muhofazasi shtabining boshlig‟iga xabar beradi
va yordam so‟raydi. Maktab yonishining sababi esa elektr tarmoqlaridagi nosozlik,
gaz ilitalarining to‟g‟ri ishlatilmaganli bo‟lishi mumkin.
Qutqaruv ishlarida qatnashmagan o‟qituvchilar tsa asosan o‟quvchilarni
qo‟rqmaslikka undash, yong‟in tufayli vaximaga tushmaslik va qaltis harakatlarni
hosil qilmasliklariga e‟tiborni qaratishlari zarur buladi. Ba‟zi ruxan kuchli bulgan
o‟quvchilarga qurquvga berilgan o‟rtoqlariga yordam berish vazifalarni yuklaydi.
Agar iloji bo‟lib qolsa, qutqaruv guruhi kelgunga qadar o‟quvchilarni zararlangan
joydan olib chiqishga harakat qiladi. Radiaktiv zararlanish haqida ma‟lumot
olingan bo‟lsa o‟qituvchi protivogazlarni kiyishga yordam beradi va
muxofazalanishishlarini yukga quyadi. Agarda muxofazalanishzonasi bo‟lmasa,
sinfda qolishga va o‟qituvchi yordamida xonaga radiaktiv zararlangan havoning
kiritmaslik oldini oladi. Buning uchun deraza oyinalarini yopadi, ventilyasiya
lyuklarini zichlab yopishadi, eshiklarni yopishadi va hokazolar.
Maktabning tibbiy xodimlari esa radiaktiv zararlanishni oldini olish uchun
o‟quvchilarga kaliy yodli, qalayli va yodli suyuqliklar berishadi. Havoda kuchli
ta‟sir qiluvchi zaxarli moddalar haqida xabar olib kelinsa, albatta o‟quvchilarning
nafas olish yullarini o‟zlari muhofazalash uchun kerakli narsalar bilan ta‟minlash
zarur. Bularga turli protivogazlar va yoping‟iclardir va ularga shu joyning o‟zida
birinchi tibbiy yordam ko‟rsatadilar. Agar yaqin atrofda muhofazalanish zonalari
bo‟lmasa, u holda o‟quvchilar bilan sinfdan tashqariga chiqmaslik kerak. Maktab
direktori esa o‟quvchilarni ko‟chirish uchun transport chaqiradi. Zararlangan
joydan chiiqib, o‟quvchilar tibbiy ko‟rikdan o‟tadilar, kuchli ta‟sir qiluvchizaxarli
moddalardan zaxarlanishning oldini olish uchun eng avvalo nafas yullarini
muhofaza qilish sharndir. Jabrlanuvchiga protivogaz kiydirish yoki bo‟lmasa,
paxta dokali bog‟lamalardan foydalanish zarur. Bu bog‟lamalar ikki foizli xlori
suvga, yoki iste‟mol sodasiga xo‟llangan bo‟lishi kerak. Shundan so‟ng
jabrlanganlarni davolash muassasasigaolib borish sharndir.
Ikkinchi shtabda esa o‟qituvchilar qutqaruvchilarga kimlarga birinchi
yordam ko‟rsatilishi haqida xabar beradilar. Bolalar ko‟p turgan joylarni
ko‟rsatadilar. Zarar ko‟rganlarni olib chiqadilar, shuningdek ko‟chirishga yordam
qiladilar.
O‟qituvchi hech narsadan qurqmasdan, hech narsaga e‟tibor bermasdan
o‟quvchilarga yordam berishi kerak. Maktabdan qutqaruv ishlari tugallangan deb
hisoblanadi, qachonki zarar ko‟rgan joydan binna ham qoldirmay o‟quvshilar olib
chiqilsa va tibbiyot muassasalariga junatilgandan so‟ngina tugallangan hisoblanadi.
Qutqaruv paytida o‟qituvchi o‟zining va bolalarining ehtiyotkorligini
ta‟minlashi kerak. Zarar ko‟rgan bolalarni esa, albatta birinchi navbatda yaqin
atrofdagi tibbiyot muassasalariga yoki punktlariga ko‟chirilishi zarur. Qolgan
o‟quvchilarning ko‟chirilishiesa shahar yoki rayon fuqaro muhofazasi
boshlig‟ining ko‟rsatmasiga binoan bajariladi. Agarda favqulodda vaziyat katta
masshtabda, ya‟ni shahar yoki rayon miqyosida sodir etilgan bo‟lsa ularni albatta
qo‟shni viloyatlar, yoki shaharlar hududiga ko‟chirish lozim. Bunda esa ko‟chirish
haqidagi buyruqni Davlat favqulodda vaziyatlar komissiyasi tuzadi va vazifalarni
belgilab boradi.
Bakteriologik zararlangan joydan jabrlanuvchilar va jabrlanmaganlar, ya‟ni
o‟quvchilar karantin zonasidan chekkaroq joyga ko‟chiriladilar, karantik
tugagandan so‟ng esa sal uzoqroq viloyat yoki respublikalarga ko‟chiriladi.
O‟quvchilar hayotning saqlanish choralarini esa o‟pka joydagi hokimiyat,
tashkilot rahbarlari maktab rahbarlari bilan birgalirda hal qiladilar. Maktab
rahbarlari ko‟chirilgan bolalarning ota – onalari bilan aloqa bog‟laydilar.
Shuningdek tibbiyot muassasalaridagi bolalarning xolidan ham xabar olib turadilar.
Xulosa:
Demak umumta‟lim maktab jamoasi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan
taqdirda quyidagi xatti harakatlarni o‟zlariga mujasamlashtira oladigan bo‟lishlari
shart:
1.Sodir etilgan favqulotdda vaziyatning turi va unga to‟g‟ri baho bera olish.
2.Favqulodda vaziyatda vahimaga berilmasdan tezkorlik bilan qilinadigan
ishlar rejasi tuzib chiqish
3.Zudlik bilan umumta‟lim maktab jamoasining faollariga topshiriq va
vazifalarni bajarish tartibini etkazish.
4.Darhol umumta‟lim maktab jamoasini xavfsiz joyga ko‟chirish chora –
tadbirlarini ko‟rish va daddillik bilan ruyobga chiqarish.
5.Jarohatlanganlarnianiqlash va ularga yordam ko‟rsatishni tashkil etish.
6.Vayronalar yuzaga kelgan bo‟lsa, keciktirib bo‟lmasdan qidiruv –
qutqaruv ishlarini amalga oshirish.
7.Turli darajalarda zararlanganlarni aniqlash va davolash maskanlariga
jo‟natish.
A D A B I Y O T L A R
1. I.A. Karimov “O‟zbekisto XXI – asr bo‟sag‟asida, xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ”. Toshkent “O‟zbekiston”. 1997 yil.
2. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. O‟quv qo‟llanma. Fuqaro
muhofazasi instituti – 2001 yil.
3. N.D. Kozmin, X.I. To‟ychiyev “Aholini yalpi qirg‟in qurullaridan himoya
qilish vositalari va usullari”. O‟zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil.
4. Z. Ilyasova “Hayot havfsizligi asoslari”. O‟quv qo‟llanma. Fuqaro muhofazasi
instituti, Toshkent – 2001 yil.
Mavzu: Talabalarga umumta‟lim maktab o‟quvchilarini sanitar ko‟rikdan
o‟tkazish metodikasini o‟rgatish.
Dostları ilə paylaş: |