Информацион техналогиялар ва тизимлар


Dushman tomonidan ZM-lar ishlatilganda qisman sanitar jihatdan



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#38377
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
fuqaro muhofazasi

Dushman tomonidan ZM-lar ishlatilganda qisman sanitar jihatdan 

ishlov  berish  kechiktirilmasdan  shu  zohoti  zararlangan  joyning  o‟zida 

o‟tkazilishi kerak. 

 

Ximiyaviy  zaharli  moddalarga  qarshi  shaxsiy  ximoya  paketi  IPP-8  dan 



foydalanish  zarur.  Buning  uchun  zudlik  bilan  polietilen  xaltani  va  flakonning 

qopqog‟i  burab  ochiladi.  So‟ngra  paxta-dokali  tamponni  degazatsiyalovchi 

suyuqlik  bilan  ho‟llanadi.  Ho‟llangan  tampon  bilan  badanning  ociq  joylari  ikki, 

uch marta artiladi. Artilgan joyga yaqin turgan kiyim ho‟llab tozalanadi. 

 

Badanning  ochiq  joyidagi  teriga  ikki  marotaba  ishlov  beriladi:  birinchisi 



ZM-lar  ishlatilgandan  keyin  o‟sha  xavfli  joyning  o‟zida  bo‟lsa,  ikkinchisi  esa 

zaharlangan  joydan  chiqqandan  keyin  va  muhofazalovchi  kiyimlar  yechilgandan 

so‟ng,  IPP-8  ishidagi  suyuqlik  ko‟zning  shilliq  pardalariga  va  og‟iz  bo‟shlig‟iga 

tushmasligi  kerak.  IPP-8  bo‟magan  taqdirda  shaxsiy  degazatsiyalovchi  paketdan 

foydalanish zarur. 



 

Paxta-dokali  tampon  2%-li  sodali  eritma  bilan  namlanib,  badanning  ochiq 

joylaridagi  teri  artiladi  (tamponning  ikkinchisi  №1  eritma  bilan  yana  bir  karra 

o‟sha  joylar  artiladi).  Degazirlovchi  selikogelli  paket  (paketni  ochib  teridagi  va 

kiyimdagi ZM-tomchilari ustiga selikogelli poroshok sepiladi) hamda sovun sodali 

eritma bilan badanning ochiq joyidagi teri artiladi, kiyim esa namlanadi. 

 

ZM bilan ruxsat etilgan darajadan yuqori zararlanish ro‟y berganda, aholini 



qisman sanitar ko‟rikdan o‟tkazish uchun, ular zararlangan joydan chiqqan zahoti 

qo‟yidagi amallar bajarilishi shart: 

zararlanish  uqog‟idan  chiqqandan  so‟ng,  ZM-ni  ketkazish  maqsadida 



muhofaza va ustki kiyimlar yechiladi hamda yaxshilab silkib qoqiladi, supurgi 

va tozalagich bilan supurib tozalanadi

poyafzal supurgi bilan yoki toza ko‟kat bilan supurib tashlanadi, so‟ngra toza 



suv bilan yaxshilab yuviladi

protivogaz  sumkasini  ochib  silkib  qoqiladi,  protivogaz  qutisi  bilan  yuz  qismi 



toza suv bilan yuviladi

badanning  ochiq  joylariga  ishlov  berishda  toza  suv  bilan  qo‟l,  yuz,  bo‟yin 



yaxshilab  sovunlab  yuviladi,  tirnoq  tagi  kirdan  tozalanadi,  og‟iz  va  burun 

bo‟shliqlari toza suv bilan yaxshilab chayiladi

suv bo‟lmaganda badanning ochiq joylariga toza qor bilan ishlov beriladi yoki 



quruq  tampon  bilan  (uni  tez-tez  alishtirib)  yuqoridan  pastga  qarab  bir 

yo‟nalishda artiladi. 

 

Dushman  tomondan  BV  (bakteriologik  vosita)  ishlatilganda  qisman  sanitar 



ko‟rikdan o‟tkazishda bakterial aerozolli bulut o‟tib ketgan zahoti (BV qo‟llanilgan 

vaqti  aniqlangach)  IPP-8,  dezinfeksiyalovchi  eritma  (2%-li  monoxloramin 

eritmasi)  bilan  juda  bo‟lmaganda  toza  suvdan  foydalanishadi.  BV  bilan 

zararlanganda  qisman  sanitar  ko‟rikdan  o‟tkazish  usuli  PM  va  ZM-lar  bilan 

zararlangandagiga usulga o‟xshash bo‟ladi. 

 

Aholini  sanitar  ko‟rikdan  o‟tkazish  jarayoni  quyidagi  tartibda  amalga 



oshiriladi: 

suv  manbasiga  yaqin  bo‟lgan  joydan  maydoncha  tanlash  va  uchta  bo‟limdan 



iborat bo‟lgan palatkalar o‟rnatish: yechinish, kiyinish va yuvinish bo‟limlari. 

dala sharoitida suvni isitish uchun avtomobil - dush uskunasidan foydalanish



tashqi va ichki poyafzallarni almashtirish fondini tashkil qilish

sanitar ko‟rikdan o‟tkazish uchun zarur bo‟lgan vositalar bilan ta‟minlash, 



kiyim  va  poyafzallar  uchun  qoplar,  DP  -  5A  asbobi,  suv  o‟tkazmaydigan 

bog‟lamlar  yoki nakleykalar,  birinchi  tibbiy yordamni  ko‟rsatish  uchun  zarur 

hisoblanuvchi dori - darmonlar, 1…3% - li  monoxloramin eritmasi, 2% -soda 

eritmasi, sovun va boshqa vositalar bo‟lishi talab etiladi. 

 

 



 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin