«Informatika» fan va o’quv pryedmyeti sifatida
Informatika o’quv pryedmyeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani birinchi navbatda informatika fanining myetodologiyasiga asoslanadi. O’zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pyedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul kilingan qonuniyatlardan ham byevosita foydalanadi.
Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri b´lgan informatikaning fan sifatida o’ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kyelib chiqqan holda «Informatika» fanini o’qitishning maqsadlarini quyidagicha byelgilash mumkin:
o’quvchilarda kompyutyer savodxonligini shakllantirish;
o’quvchilarda axborotga ishlov byerish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o’zlashtirib olishlarini ta’minlash;
o’quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko’rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion tyexnologiyalarning ahamiyatini ochib byerish;
komp’yutyerlardan ongli va ratsional foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’zbyekiston Ryespublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar o’qitish tizimi
1 2 3 4 5 6 7 8 9
1-maktabgacha ta’lim.
2-boshlang’ich ta’lim (informatikaning propyedyevtik kursi).
3-umumiy o’rta ta’lim (5-9 sinflar, tayanch ta’lim).
4-akadyemik litsyey va kasb-hunar ta’limi (tayanch ta’lim).
5-bakalavriat.
6-magistratura.
7-aspirantura, doktorantura, ad’yunktura.
8-malaka oshirish va qayta tayyorlash.
Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta maµsus, kasb-ќunar ta’limi va undan kyeyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pyedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistyemasiga asoslangan:
kadrning butun «ќayotiy tsikli» ќisobga olinishi kyerak;
informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning ќozirgi ќolati va rivojlanish istiqbollarini ќisobga olgan ќolda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks yettirishi kyerak;
informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kyechish lozim;
informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kyerak;
ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urђu byerish asosidagina amalga oshirish mumkin;
shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;
o’qish vaqti ryesurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil yetish foydasiga qayta taqsimlash.
O’zbyekiston Ryespublikasi ta’lim tizimiga yangi bo’g’in, o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limining kiritilishi bilan, informatika o’qituvchilari uchun «Informatika o’qitish myetodikasi» fanini yaratish dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |