Informatik va axborot texnologiyalari kurslarini o'qitishning metodik tizimi Reja



Yüklə 43,61 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü43,61 Kb.
#207803
  1   2   3
Informatik va axborot texnologiyalari kurslarini o\'qitishning me-fayllar.org



Informatik va axborot texnologiyalari kurslarini o'qitishning metodik tizimi


Reja:


  1. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi fanining dasturi

  2. Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o’rni.

  3. Axborotni yig’ish, saqlash va ishlov berishning yangi texnologi­yasi.

  4. Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari.


Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi fanining dasturi
«Informatika o’qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.
Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi:
  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;


  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;


  • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.


Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.


«Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:

  • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

  • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

  • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash.

Bo’lajak informatika o’qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogic dasturiy vositalarni chuqur o’rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo’lishi lozim.



Yüklə 43,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin