Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X


Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#188747
1   2   3   4   5   6
3-t.yangi

Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X.

Jarqo’rg’on tumani MMTB ga qarashli 45-sonliumumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida “Kompyuter bilimdonlari”, “Internet nima” , “AKT” ning yoshlar hayotidagi o’rni mavzualri yuzasidan o’tkazilgan davra suxbatidan


YOZMA AXBOROT
Maktabda 2020-yil 5-noyabr kuni o’quvchilarning AKT ga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Kompyuter bilimdonlari” , “Internet nima” , “AKT” ning yoshlar hayotidagi o’rni mavzualri yuzasidan o’quvchilar o’rtasida davra suxbatlari o’tkazildi. O’tkazilgan davra suxbatida maktabning 5-6-7-sinf o’quvchilari ishtirok etdilar. Davra suxbatida maktab MMIBDO’ T.Ismanov, maktab informatika fani o’qituvchialri ishtirok etdilar. Yig’ilshda o’quvchilarni informatika faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, o’quchilarga internet nima AKT ning yoshlar hayotida tutgan o’rni haqida to’quvchilarga tushintirildi.
O’quvchialrga internet nimaligi haqida ma’lumotlar berildi. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin