Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X


Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#188747
1   2   3   4   5   6
3-t.yangi

Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X.
Jarqo’rg’on tumani MMTB ga qarashli 45-sonliumumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida internet tarmog’idagi o’quvchilarga xos bo’lmagan saytlardan foydalanmasliklarini oldini olish yuzasidan
YOZMA AXBOROT
Maktabda 2023-yil noyabr oyida o’quvchilar o’rtasida internet tarmog’idagi o’quvchilarga xos bo’lmagan saytlardan foydalanmasliklarini oldini olish yuzasidan maktabning5-6-7-8-9-10-11 sinf o’quvchilariga videorolik namoyishi ko’rsatildi. Videorolikda o’quvchilarga xos bo’lmagan saytlarga kirmasliklari haqida tushintirib o’tilgan. Biz hayoyimizda internetdan juda ko'p foydalanamiz, hayotimizni u siz tassavvur eta olmaymiz. Bugungi kunda internetda hohlagan mavzuda referatlar, turli xil ma'lumotlar chiroyli rasmlarni ko'rishimiz, ulardan nusxa olib chiqarib olishimiz mumkin. Lekin bugungi kunda o'quvchilar tayyor referatlarni, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni internedan olishadi bu ularni izlanishdan to'xtatib qo'ymadimi? Agar biz o'zimizga keraki ma'lumotlarni tuli kitob va jurnallardan, ensiklopediyalardan qidirsak o'zimizga kerakli ma'lumotlardan ortig'ini olishimiz mumkin-ku, biz ma'lumotlarni qidirayotganimizda boshqa ma'lumotlarga ko'zimiz tushib uni o'qiymiz va u yodimizda saqlanib qoladi. Biz ma'lumotlarni bittagina kitobdan qidirib cheklanib qolmaymiz, balki bir necha kitoblarni kutubxonalardan qidiramiz, kitoni topgach uni ko'zdan kechiramz agar u kitobdagi ma'lumot ozroq bo'lsa boshqa kitoblarni ham ko'zdan kechirib chiqamiz. shu tariqa bizning kitobga bo'lgan mehrimiz so'z boyligimiz oshadi eng asosiysi o'z ustimizda izlanamiz.
O’quvchilarga Internetdan foydalanish madaniyati tushintirildi.

Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo‘lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o‘n yil ichida global tarmoqqa aylanib, nainki axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo‘ldi.

Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning sentabr oyida dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilar salkam 1 milliard 734 million nafarga yetgan. Vaholanki, 2000 yilda global tarmoqdan 361 millionga yaqin odam foydalangan. Yana to‘qqiz-o‘n yildan keyin bu raqamlar yana necha million nafarga ortishini tasavvur qilish qiyin emas. Chunki taraqqiyot misli ko‘rilmagan shitob bilan ilgarilamoqda.

Lekin masalaning ikkinchi, g‘oyat e’tibortalab jihati ham bor. Ba’zi mamlakatlarda virtual olamga g‘arq bo‘lish oqibatida o‘zining yoxud o‘zgalarning joniga qasd qilish odatiy holga aylanayotgani ham sir emas. Yoki qator davlatlarda real hayotni virtual hayotga almashtirgan, ruhiy nosog‘lom bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etilayotganini ham hech kim inkor etolmaydi.




Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin