Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X


Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə6/6
tarix21.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#188747
1   2   3   4   5   6
3-t.yangi

Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X.
Jarqo’rg’on tumani MMTB ga qarashli 45-sonliumumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida AKT savodxonligi yuzasidan o’tkazilgan ko’rik tanlovidan
HISOBOTI

Maktabda 2023-yil 2-dekabr kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishmaqsadida maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” tadbiri o‘tkazildi.


Musobaqa 4 yo‘nalishda, ya’ni 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Paint-ranglar jilosi” (Paint dasturida rasm chizish), 7, 8 va 9-sinf qizbolalari o‘rtasida “Mohir barmoqlar” (tez, bexato tekst terish), 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Microsoft Excel – aniqlik garovi” (biznes reja ishlab chiqish) va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Raqamli ta’lim” (Power Point dasturida slayd tayyorlash) yo‘nalishlarida baxs olib bordilar. Barcha sinflardan ja o‘quvchilar mazkur intellektual musobaqada qatnashdi.
Musobaqada faol ishtirok etgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tamonidan turli xil sovg’alar bilan rag’batlantirildilar.
Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X.

Jarqo’rg’on tumani MMTB ga qarashli 45-sonliumumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida “Kompyuter o’yinlari” yuzasidan o’tkazilgan ko’rik tanlovidan


HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
O’quvchilarning zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bolishlari uchun o’quvchilar o’rtasida turli xil kompyuter o’yinlari musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. Buning asosiy vazifalari , yoshlarga kompyuter dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari asoslarini o‘rgatish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy ko‘nikmalar berish belgilandi.
Maktab o’quvchilariga haftaning har dushanba kunlari Paint dasturida rasmlar chizishni o’rgatish bo’yicha dars soatlari tashkil qilinib, o’quvchilarning bo’sh paytlarini mazmunli tashkil qilishga erishildi.O’quvchilar qo’shimcha darslar davomida klaviaturadan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida “Klavtren” o’yinini o’rgatish bo’yicha darslar tashkil qilindi. 25.01.2020 kuni maktabda kompyuter o’yinlariga qiziquvchi o’quvchilarini “Kibersport” bilan tanishtirildi. 27.01.2020 kuni 9-11 sinf o’quvchilaridan har bir jamoada 5 tadan , 5 ta jamoa tashkil qilinib , 25 ta o’quvchidan iborat musobaqa tashkil qilindi. Musobaqa nizom asosida tashkil qilindi. Jamoalar ichidan 10- sinf o’quvchisi Aqlbek,Oyatillo,Ahrorbek , Shoxidbek, 9- sinf o’quvchisi Ortiqov M, 11-sinf o'quvchisi G'aniboyev Islombeklar musobaqada faol ishtirok etishdi va maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. 5 ta o’quvchidan iborat maktab jamoasi shakllantirildi va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Informatika fani o’qituvchisi: Jumayev X.
Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin