Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash
2.1 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Ishdan maqsad: Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yo‘llari, shakllari va usullari, ularni fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va portallaridagi elektron
resurslari tahlili.
Iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilari. Iqtidor inson psixikasining
butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Psixologik lug‘atda – iqtidor tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
1) iqtidor bu – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini
ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;
2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va
o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;
3) iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish
imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;
4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar
tabiiy asoslarining o‘ziga xosligi va ularning namoyon bo‘lishi darajalari;
5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun
ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.
Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus
qobiliyatlar yotadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni
aniqlash davomiy jarayon bo‘lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish
bilan bog‘liq.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlar bellashuvi umumta’lim maktablarining 8-sinfida o‘tkaziladi. Barcha bosqichlarda amaliy
ish va test topshirig‘i buyicha o‘tadi.
Mavzular 7-8 sinflarda Informatika va axborot texnologiyalari fanining
optimallashtirilgan o‘quv dasturi buyicha shu kunga qadar o‘rganilgan mavzulari asosida tanlanadi, har biri to‘g‘ri bajarilgan topshiriq 8 balldan, jami
40 ball bilan baholanadi va uni bajarish uchun 120 minut vaqt ajratiladi.
Ushbu turda 5 ta masalaning echimini ko‘rsatish uchun o‘quvchi
tomonidan ofis dasturlari yoki grafik muxarrirlar yordamida kompьyuterdan amaliy foydalanilishiga imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi shart. Topshiriqlarni tuzishda mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan iborat
bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim.
O‘quvchi tomonidan savollar tanlanadi va har bir amaliy ish kompьyuter
yordamida amaliy bajariladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 8-sinflar uchun amaliy ish
topshiriqlarini baholash mezonlari