Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash Reja



Yüklə 89 Kb.
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü89 Kb.
#200385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash

Tashkiliy qism: Saxna bezatish. Informatika o‘tkaziladigan sahna talabga javob bera oladigan qilib bezatilishi, ya’ni uning devorlariga to‘garak a’zolari tayorlagan turli xil kompьyuter olamiga ta’luqli devoriy gazetalar(turli bosh qotirmalar, rebuslar, topishmoqlar bo‘lishi mumkin). Kecha uchun maxsus «Robotlar olamida» deb yoki «XXI – asr Informatika va axborot texnologiyalari asri» degan ko‘rgazma tashkil etilsa va bu ko‘rgazmada har xil kompьyuter modellari robotlar umuman zamonaviy axborotlar texnologiyalari bilan modellari o‘quvchilar tomonidan yasalishi mumkin. YUqorida aytilganlarning
hammasi kechalar o‘tkazishning birinchi qismiga doirdir.
1-shart: «XXI – asr-kompьyuter asriga olg‘a»
Bunda guruh ishtirokchi o‘zlarining XXI –asr kompьyuterlar va robotlar haqida ta’savvurlarini sahna ko‘rinishda yaratishadi. Ular robotlar kiyimida bo‘lishadi. Ularning chiqishlarini qiziqarli qilish guruh sardorlari va
rahbarlarining mahoratiga bog‘liq. 1-shart «5» ballik tizimda baholanadi.
2-shart: «Bir lahzalik» savol-javob.
Bu shartda kechani olib boruvchi guruhlarga navbatma-navbat savol beradi.
Savollarga javob berish vaqti, savollar soni va to‘g‘ri javoblarni hay’at
a’zolari hisoblab borishadilar. Har bir to‘g‘ri javob «1» ball bilan baholanadi
3-shart: «Informatikaga doir atamalarni bilasizmi ?»
Bu shartda oldindan tuzilgan bosh qotirma yoki rebuslarni har bir guruhga berib ularga vaqt beriladi. Guruh a’zolari birgalashib bu bosh qotirmani echish mumkin. Vaqt tugagandan so‘ng hay’at a’zolari tekshirib, guruhlarga har bir
atama uchun «1» balldan qo‘yishadi.
4-shart: «Guruh sardorlari bellashuvi»
Bu shartda guruh sardorlariga oldindan tayyorlab qo‘yilgan 3 tadan fanga
doir savollar beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun «5» ball qo‘yiladi.
5-shart: «YOsh dasturchi»
Bu shartda har bir guruh biror dasturlash tilida oldindan tayyorlab kelgan dasturlarini namoyish etilib, dasturchi tomonidan izohlanadi. Bu shart 10 ballik tizimda baholanadi
Kecha yakunida har ikala guruh ham sahnaga taklif qilinadi. Guruhlarning kecha davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklariga qisqacha izoh berilib, umumiy ballar va g‘olib guruh e’lon qilinadi.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin