informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash
1.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin.
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi;
to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi;
to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi;
to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi;
to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi;
yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi.
Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz.
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi
“Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak:
kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor;
kichik guruhlarda ishlash, o‘zaro aloqada bo‘lish, muloqot qilish madaniyatini;
ta’lim muassasasi mulkidan ehtiyot bo‘lib foydalanish;
sog‘lom turmush tarzi bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish.
v) rivojlantiruvchi maqsad; o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani yechishda ijodiy va oqilona yondashuvni, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, asbtrakt va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.