Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”


(namoyish etish jarayonida o ’qituvchi proektor yordamida qo’llanmani namoyish etadi)



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/14
tarix19.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#100813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
(namoyish etish jarayonida o ’qituvchi proektor yordamida qo’llanmani namoyish etadi)

  1. bosqich.

O’qituvchi: Endi biz kompyuterning qurilmalari haqida tanishib chiqdik, olgan bilimlarimizni amalda sinab ko’ramiz. Buning uchun bizga zinama-zina texnologiyasi zarur bo’ladi. Bu texnologiya sinf doskasi ikkiga bo’linadi, va jadval chiziladi.




Qurilmalar

Kompyuterning qurilmalari

1.

Kompyuterning asosiy qurilmalari




2.

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari




67

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari hamda kompyuterning asosiy qurilmalari haqida o’quvchilar nimalarni tushungan bo’lsalar shuni chiqib navbat bilan yozib chiqadilar.
Zinama-zina” texnologiyasi
O’quvchilar hammasi doskaga chiqib bo’lgach yutgan guruhga yana ball qo’yiladi.

  1. bosqich.

  1. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar sizlarni yangi mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklaringizni bilish uchun biz avtopley medio studiosi yordamida yaratilgan o’quv qo’llanmada berilgan krossvordni guruhlar ishlaydilar.
Bitta guruh krosvord bilan ishlagunga qadar ikkinchi guruhizmizdagi o’quvchilar navbat bilan doskaga chiqadilar. Doskada ilingan ko’rgazmali qurolning ichidan har xil rangdagi qog’ozlarni tortadilar. Ushbu qog’ozlarda o’tilgan mavzudagi kompyuterning qurilmalarini rasmlari bo’ladi. O’quvchilar shu rasmga qarab qurilmalarga ta’rif beradilar. Yana g’olib bo’lgan guruhda ball qo’yiladi.

  1. bosqich.

  1. O’QUVCHILARNI BAHOLASH VA XULOSALASH

O’qituvchi: Dars so’ngigacha guruhlar bilib oldim va bilmoqchiman bandlari ham to’ldirib boradilar. Shu jadval orqali o’quvchilar yangi mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklari kelib chiqadi. Dars yakunida o’qituvchi ikkala guruhni ham ballarini hisoblab chiqadi, va guruhlar nechi ball yig’ganlarini ko’rsatib o’tadilar. Yutgan guruhni hamma a’zolariga yaxshi baholar qo’yiladi. Yutqizgan guruhda yaxshi faol qatnashgan o’quvchilar ham rag’batlantiriladilar. .

  1. bosqich.

  1. UYGA VAZIFA

Har bir o’quvchi o’tilgan mavzu bo’yicha daftarlariga 3 tadan savol yozib chiqadilar. Keying darsni o’tilgan mavzuni takrorlanyatganda guruhlar bir-biriga

68



shu savollarni berib o’tadilar. Shu bilan dars jarayoni yanada qiziqarliroq bo’lib o’tadi.

Ikki xil usuldagi dars ishlanmaning xulosasi

  1. usul. Birinchi usuldagi dars ishlanmada interfaol metodlardan foydalanilgan. Yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion texnologiyalar ham qo’llanilgan. Avtopley medio studiosi yordamida yaratilgan innovatsiya taqdim etilgan. Shu innovatsiya orqali o’quvchilar ko’rib, eshitib, ham yozib borishlari natijasida o’quvchilarni darsni o’zlashtirish ko’rsatkichi yanada ko’tariladi.

  2. usul. Bu usul ham interfaol usullardan biri hisoblanadi. Bu usulda yangi mavzu bahs-munozara tarzida bo’lib o’tdi. Ya’ni o’qituvchi sinfni guruhlarga bo’lib ishladi. Guruhlarga bo’lib avtoplay medio studiosi yordamida yaratilgan innovatsiya taqdim etildi va shu innovatsiyada yaratilgan krossvord hamda ma’lumotlardan foydalanildi. Guruh bo’lib ishlanganda dars samaradorligi yana ham ortadi. Chunki guruh bilan ishlanganda guruhdagi har bir o’quvchi dars jarayoniga faol qatnashadilar. Hamda bu usulda qo’llangan metodlar ham darsning samaradorligiga ta’sir qiladi.

Men dars jarayonini shu usul orqali o’tish yanada yaxshiroq natijalar beradi deb hisoblayman. Chunki guruh bilan ishlanganda har bir guruh o’zi faol qatnashadilar. Hamda passiv o’zlashtiradigan o’quvchilar han sinfdoshlariga qarab harakat qiladilar.

69


Xulosa



Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jaraeniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor...».
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.

70


Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.


Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:

  • Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;

  • Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;

  • bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;

  • bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.

71




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin