Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/14
tarix19.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#100813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Matematik diktantlar - o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi.
Tanlovlar - ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol- javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi.
Konferensiyalar - har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar.
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.

30



  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarni bilim, ko’nikma va

malakalarini tekshirish. O’quv materialini takrorash va umumlashtirish.
Yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

3.O'quvchilaming bilimlarini, ko'nikma va malakalarini tekshirish.
4.O'quv materiallarini takrorlash va umumlashtirish.
Informatika va informatikadan 45-minutlik dars o'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash, o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish, o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.
Maktab informatika va informatika darslarida yangi mavzu mazmunini tushuntirish asosan uch xil usulda olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil ishdir.
Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini chuqurroq o'zlashtirib oladilar.
Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish (agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni

31



kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib turishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish mumkin bo'ladi.
Informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o"zi bajarishi mumkin. Bunda o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi, o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:

  • talabalarning mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish;

  • mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish;

  • talabalarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash;

  • ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali

32



foydalanish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim oUshiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. 0‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday ekan, «Informatika» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv raashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularrn о quv jarayomga jony etish asosiy vazilalardan hisobianadi. Ushbu vazifalami dolzarbligini e’tiborga olgan holda «Informatika» fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalami ishlab chiqish zarur.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiravchi faoliyati tashldl etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlaming ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
0‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga

33



qaratilgan bo‘ladi O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan bo’lsalar, demakki, o'qituvchi mavzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan qanoat hosil qilishi mumkin.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash deganda biz asosan o'quv materialini nazariy ma'Iumotlarini takrorlash hamda o'quvchilami o'tilgan mavzu materiallari yuzasidan malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uchun; misol, masalaiar yechish orqali o'tilgan darslarini takrorlab mustahkamlashni tushunamiz. O'tilgan materialni takrorlash ilgari olingan bilimlami yangilashga, o'tilgan mavzu mazmuniga umumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi.
O'tilgan mavzu mazmuninii mustahkamlashda asosan quyidagilarga e'tibor berish kerak.
-Yangi mavzt mazmunida ishlatilgan asosiy tushunchalarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi.
-Yangi mavzudagi teorema yoki uning isbotini o'quvchilar tononidan aytib berilishi darajasi.
-Yangi mavzu o'rganilgan teorema va formulalardan misol, masalilar yechishda o'quvchilarning foydalana olish darajasi.
-O'quvchilarnhg yangi mavzu mazmunini kundalik hayotda uchraydigan elementar muammolarga tadbiq qilish darajasi
O’quvchilami bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish o'tilgan materiallar yuzasidm og'zaki so'rash yoki yozma ish olish usuli bilan aniqlanadi.Bunday tekshirish darslarini o'tkazish o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin e'lon qilinib, o'quvchilarga og'zaki so'raladigan mavzu materiallari va ular asosida o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollar ketma-ketligi beriladi Agar tekshiruv darsi yozma ish orkali o'tkaziladigan bo'lsa, bunda ham yozma ish

34



variantida tushadigan misol va masalalar qaysi mavzularga taalluqligi o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin aytib qo'yiladi.
O’quv materialini takrorash va umumlashtirish. Maktab informatika va informatika danlarida biror bob o'tib bo'lingandan keyin ana shu bob mavzu materallarini umumlashtirish xarakteridagi takrorlash, umumlashtirish darslari o'tkaziladi.
O'tilgan materiallami takrorlash-umumlashtirish darslari ilgari otingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'lum bir tizimga solishga va o'tilgan materialga unumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi. Maktab matematka va informatika darslarida takrorlash-umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin.

  1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.

  2. Kundalik takrorlash.

  3. Tematik takrorlash-umamlashtirish darsi.

  4. Yakuniy takroriash-umumiashtirish darsi.

Har bir takrorlash darsini o'z o'rni va maqsadi bordir. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avvalgi sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda ishlatilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Informatika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi.
Informatikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik takrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini

35



aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar. Natijada o'quvchilaming ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi.
O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab umumlashtirib boriladi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun o'quv yili boshidagi, kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilaming yil davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlash- umumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki masala yechish bilan cheklanishdi.
Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar:

  1. Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib uni o'tkazadilar.

  2. Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar.

  3. Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay olmaydilar.

36



  1. Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va mashqlar sistemasini tuzmaydilar.

O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan bir necha kun avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlash- umumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor berishi kerak:

  1. Takrorlash-umumlashtirish darsining materiali o'sha kursni umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.

2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha savollar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.

  1. Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.

  2. Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.

  3. Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish kerak.

O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni avvaldan rejalashtirishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchilarning shu mavzuga doir tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi. Dars oxirida o'qituvchi takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi, faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini umumlashtiradi va sistemalashtiradi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining

37



ko'rsatmasiga asosan belgilangan kitoblardan foydalanib, takrorlash- umumlashtirish darsiga ma'ruzalar tayyorlaydilar. Yakuniy takrorlash- umumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil ishga o'rgatiladi.
Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.

38



III BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA ULARNI DARS JARAYONIGA
TADBIQ ETISH.
3.1 Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

  • ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;

  • yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko‘tarinkilikning tinib qolishi;

  • yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;

  • katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.

Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.

39



Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, an’anaviy ta’lim erishgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning individualligini ta’minlash, ta’lim oluvchiga vaqt va fazo jihatidan qulaylik yaratuvchi vositalardan biri bu elektron kitoblardir.
Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Kundalik turmushda foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib borishi elektron darsliklar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoit yaratmoqda.
Elektron darslik an’anaviy darslikdan ko‘ra «bir muncha yuqori intellektga» ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni musahkamlashga yordam berish va h.k.) ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. SHu

40



bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha zarur (qo‘shimcha ma’lumotlar) o‘quv materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la o‘quv ma’lumotlarigina elektron darslikning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. Elektron darslikdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy darslik oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, ixchamlilik, va h.k.) yaratadi.
Autoplay dasturi
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir.
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi.
AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin- maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin.
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuv - chilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi AutoPlay

41


Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi.


Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic , Visual C++, Java, Macromedia flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin .
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bu muloqot oynasida quyidagi to'rtta taklif ilgari surilgan bo'ladi:

  1. Create a new project (YAngfi loyiha yaratish);

  2. Open an excisting project (YAratilgan loyihalardan birini ochish);

  3. Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);

  4. Exit Autoplay media studio (Dasturdan chiqish).

Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif ingliz tilida bo‘ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.

42





SHunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Create a new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi :
Aut Play

[4TIR PROJECT HAME! |den«nr>e



Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega

  1. Dastur oynasining sarlavha satri.

  2. Dastur oynasining menyu satri.

  3. Instrumentlar paneli satri.

  4. Project explorer muloqot oynasi.

  5. Properties muloqot oynasi.

  6. Holat satri.

Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani boshqarish elementlari joylashgan.

43

AutoPlayda qo'llaniladigan ob'ektlar
AutoPlayda har bir loyiha uchun bir yoki bir nechta sahifalar to‘plami taqdim etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obektlardan foydalanish mumkin. Bu obektlardan har birining alohida funsiyalari mavjud bo‘lib, ular orqali dasturni boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.

Ob'ektlar va ularning funksiyalari



Obyekt

Funksiyalari




Button

Buyruq tugmasi. Bir nechta rangdagi turli variantlari mavjud. Asosan boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi.




Label

YOzuv maydonchasi. Ishchi sohadagi yozuvlar shu obekt
bilan beriladi. YOzuv gorizontal va vertikal ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.





Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin