Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”
endi bizning vazifamiz ushbu krossvorddagi so‘zlarga kalit so‘zlar kiritish bo‘ladi. Buning uchun “Opredeleniya” tugmasini bosamiz. U oynada har so‘zni satr va ustun ko‘rinishda tasvirlangan raqamlariga kalit so‘zlar kiritib chiqamiz. Buning uchun shu so‘zni ustida bir marta sichqoncha tugmasini bosamiz, ostida 56 paydo bo‘lgan kalit so‘z kiritish maydoniga kalit so‘zlarni kiritamiz va OK ni bosamiz. SHu tarzda har so‘zga kalit so‘zlar kiritilib boriladi.
Barcha so‘zlarga kalit so‘zlar kiritilib bo‘lgach oynaning ostki qismidagi OK ni bosiladi. Oynaning “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug'ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan krossvordimizni brouzer yordamida oynaga boshqotirma ko‘rinishida taqdim etiladi. Uni echish uchun raqam ustiga bir bosiladi va kalit so‘z yordamida javob topiladi. Qisqacha qilib aytganda qolgan nazorat usullari ham huddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi. 57 3.2. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi. Barchamizga ma’lumki, XXI asr - globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr talabiga aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika vositalaridan unumli foydalanish o‘rinli. Darhaqiqat V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi” Bugun barkamol avlod tarbiyasi barchaga sir emaski, davlat miqyosidagi masalalar darajasida ko’tarilgan. O’z erkin fikriga ega, mustaqil hayotda qoqilmay o’zining ishonchli va sobit qadamlari bilan kirib boradigan yosh avlodni tarbiyalash, avvalo, oila mas’uliyatini, qolaversa, ustoz murabbiylardan katta fidoiylikni talab etadi. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya berishda, o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g‘ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga sodda, qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni tashkil etishlari zarur. Bunda informatika o’qituvchilariga o’z fanini yaxshi o’zlashtirishidan tashqari, bugungi zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 58 holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart - sharoitlar mavjud. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot texnologiyalari mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o’quvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompyuterdan samarali va unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. Shunday ekan shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgan internetdan foydalanish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Bu dars ishlanmada “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi usullardan foydalanish o’quvchidagi BKMlarni mustahkamlashga, jamiyatda o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishga, o’z Vatani bilan faxrlanish g‘ururi bugungi kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglay olish va Mustaqil Vatanimizning o’tmishi bilan faxrlanish, bag‘rikenglik, do’stlik, kelajakdagi fan taraqqiyoti to’g‘risidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi. 5-SINF „Komputer. Kompyuterning qurilmalari va uning vazifalari“ FANIDAN 1- SOATLIK DARS ISHLANMASI 1-USULI Sinf: 5 Fan nomi: Informatika Darsning mavzusi: Kompyuter. Kompyuter qurilmalari va vazifalari. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga axborot texnologiyalari haqidagi tushunchalarni singdirish, texnik vositalar haqida, kompyuter tarmoqlari (lokal, mintaqaviy, global) tarmoq haqida tushuncha berish hamda ko’nikma va malakalarni hosil qilish; Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va axborot texnologiyalari va internetdan foydalanishga oid madaniyatlarini singdirish; 59 Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish; Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Darsning metodi: Interfaol Yüklə 1,01 Mb. Dostları ilə paylaş: |