Informatika fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 144 Kb.
səhifə3/7
tarix10.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#95882
1   2   3   4   5   6   7
informatika fanida modellashtirish tushunchasini keltiring

Birinchi avlod – EHMlarning elementlar bazasi asosan elektron lampalardan tashkil etilgan. Bunday mashinalarning paydo bo’lishi 50-yillarga to’g’ri keladi. Bu avlod mashinalariga misol qilib, BESM-1, Minsk-1, Ural-1, Ural-2, M-1, M-2, Strela mashinalarini keltirish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi sekundiga 2-3 ming operatsiyani tashkil qilib, operativ xotira hajmi 4 Kbayt bo’lgan.
Ikkinchi avlod mashinalarining elementlar bazasi sifatida tranzistorlar xizmat qilgan. YArim o’tkazgichlarning ishlatilishi EHMlarning operativ xotira hajmi va ish bajarish tezligini sezilarli darajada oshirdi. EHMlarning og’irligi, ulchami va elektr manbaiga extiyoji kamaydi. EHMning nporramma ta’minoti rivojlanishi hisobidan ularning qo’llanilish doirasi kengaydi. Ikkinchi avlod mashinalariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Ural-14, Ural-16, Minsk-22, BESM-b, BESM-3, BESM-4, M-222, MIR-2, Nairi va boshqalar. Ularning ish bajarish tezligi sekundiga 30 ming operatsiya, operativ xotira hajmi 8 Kb, l6 Kb va 32 Kb ni tashkil etardi.
Uchinchi avlod EHMlari elementlar bazasi mikro elektronikaga asoslangan bo’lib, ular integral sxemalarning qo’llanilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi avlod mashinalariga ES tipidagn ES-1010, ES-1020, ES-1030, ES-1040, ES-1050, ES-1066, Elektronika 60, SM-3, SM-4 va boshqa tipdagi mashinalarni misol qilib olish mumkin. Ularning operatsiya bajarish tezligi 500 mingdan 1 mln. operatsiyagacha bordi. Operativ xotira hajmi esa 64 Kb dan 1204 Kb etdi.
To’rtinchi avdod mashinalarining elementlar bazasi katta integral sxemalarga asoslangan bo’lib, qurilma sifatida kremniy plastiklaridan foydalanildi. Bu avlod mashinalariga Elbrus tipidagi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. Uning operatsiya bajarish tezligi sekundiga 5 millionni tashkil etib, 64 Mbaytgacha operativ xotira hajmiga ega bo’ldi.
Mikroprotsessorlarning paydo bo’lishi hisoblash texnikasi rivojlanish tarixida revolyutsion bosqich bo’ldi. Mikroprotsessor-lar asosida kompyuter davri boshlandi.
Beshinchi avlod mashinalari elementlar bazasi ulkan katta integral sxemaga asoslangan bo’lib, sun’iy intelekt asosida ishlaydi. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish tovush va tasvirlar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin