Informatika fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 144 Kb.
səhifə5/7
tarix10.04.2023
ölçüsü144 Kb.
#95882
1   2   3   4   5   6   7
informatika fanida modellashtirish tushunchasini keltiring

I avlod kompyuter tarixi
Birinchi avlod mashina elementlari elektron lampalardan iborat bo’lib, tezligi sekundiga 10-20 ming amal bajara oladi, xotira hajmi chegaralangan bo’lib, kiritish-chiqarish qurilmalarini imkoniyatlari ham chegaralangandir.
Birinchi kompyuterni yaratishda M.V.Keldsh, S.A.Lebedev, M.A.Lovrentev kabi buyuk olimlarning xissasi kattadir. Bu avlodlarga quyildagi kompyuter lar kiradi:
Strela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.
Birinchi avlod kompyuter lardan foydalanish ochik holatda bo’lib, unga ko'ra har bir dasturchi kompyuterni o’zi boshqarar edi. Shuning uchun ham kompyuterni foydali ish vaqti foydalanuvchining malakasiga bog’liq edi. Bu davr standart dasturlar yaratish, dasturlar kutubxonasini tashqi xotirada saqlash va undan foydalanish bilan ajralib turadi.
II avlod kompyuter tarixi
2-avlod elementlari tranzistorlardan tashqil etib, kiritish-chiqarish qurilmalarining imkoniyatlari, ichki xotiraning hajmi, tezligi oshirilgan va dasturlash tuzish rivojlangan.
Bu avlod kompyuterlarida dasturlar asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni tushinish uchun traslyator (tarjimachi dasturlar) lar yaratildi. Bu dasturlash jarayonini avtomatlashtirishdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Bu davrga kelib, dasturchilar uchun yopiq holat joriy etildi va unga ko'ra dasturchilar kompyuter joylashgan xonaga kiritilmasdan, ular o’zlarining dasturlarini operatorlarga topshirar va natijani kutib turar edilar. Bu esa mashinadan foydalanish vaqtini oshirishga imkon berdi. Birinchi avlodga 1 soatga 1 ta dasturchi ishlasa, 2-chi avlodga bir necha dastur shu soatda kompyuterda qayta ishlanadi.
1 va 2 avlodlarning xotira o’lchami sifatida mashina so’zlari (yacheykalar) olingan bo’lib, ularning uzunligi doim bir xil bo’ladi.
2-avlodga quyildagi kompyuterlar kirar edi: Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220, 222, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6.
III avlod kompyuter tarixi
3 avlod kompyuterlari integral sxemalardan tashqil etib, 2 avloddan tuzish jixatidan keskin fark qilar edi va yo’qori imkoniyatlarga ega.
2 avlodga dastur yerdamida bajariladigan masalalar 3 avlodga apparatura orqali amalga oshiriladi. 3 avlodga tegishli dastur shu avlodga tegishli boshqa kompyuter uchun o’zgarish qo’llash imkoniyati mavjud edi. Bu avlodning muxim qulayliklardan biri, ularning multi dasturli va vaqt taksimoti holatida ishlash imkoniyatlarining mavjudligidir. Bu imkoniyat kuchli OS ning yaratilishi bilan amalga oshiriladi.
Kompyuter multidasturli holatda ishlash jarayonini bir paytda bir necha dasturni bajarish imkoniyatiga ega, ya‘ni kompyuter qurilmalari ishlash imkoniyatiga ega.
3 avlod kompyuterda ichki va tashqi xotira muammosi deyarli xal qilinib, tezlik muommo bo’lib qola berdi. Bu avlodga kompyuterlarning yagona tizimi (YeSEVM-edinaya sistema Elek. Vechislit. Mashina (yagona sistemali elektron hisoblash mashinalari)) oilasidagi mashinalar kiradi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin