Informatika kursining o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti



Yüklə 6,95 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,95 Kb.
#201415
Informatika kursining o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti-fayllar.org


Informatika kursining o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti

Informatika kursining o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti

01



REJA:
Informatika o`qitish metodikasi” o`quv fanini o`zlashtirish jarayoni
02
03
Fanlarni o`qitish metodikasi.
Infоrmаtikа vа dаsturiy tа’minоt

“Informatika o`qitish metodikasi”

“Informatika o`qitish metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:informatika va axborot texnologiyalarining ta‟lim tizimida tutgan o’rni va roli, Informatika o’qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog’liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodlari va texnologiyalari tarixi, informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha yaratilgan darsliklar, qo’llanmalarning xususiyatlariga doir bilimga;  Informatika o’qitish metodikasining matematika va boshqa fanlar bilan bog’liqligi, informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari,

Informatika o’qitish metodikasi fani bo’lajak ustozlarga nima beradi

Informatika o’qitish metodikasi” fani bo’lajak informatika o’qituvchilarining umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan mutaxassilik fanlarini o’qitishda muhim o’rin tutib, fanlarning nazariy va metodik ta’minotini bilishi va ularni o’quvchilarga etkazib berishini ko’zda tutadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda Informatika mutahassisligidagi fanlarni o’qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo’lish mumkin.


Darsda qo’llaniladigan pedagogik o’yinlar

Talabalarning “Informatika o’qitish metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborotkommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Yelpig’ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustahkamlashi kerak. Amaliylaboratoriya ishlari kompyuter yordamida o’tkaziladi.


Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning metodik tizimlari

Informatika va axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda o’qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining xarakteristikalari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini o’qitishning maqsadi va vazifalari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning tuzilmasi va mazmuni. Informatika kursini o’qitish uslubi muammolari. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va Web texnologiyalar- o’qitishning vositalari sifatida. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo’yicha amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari, mazmuni va o’tkazish metodikasi.


Fanlarni o’qitish metodikasi kursi va uning bo’lajak o’qituvchining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni

Fanlarni o’qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog’liqligi. Fanlarni o’qitish metodlari va texnologiyalari tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan fanlarni o’qitishda foydalanish. O’quv-metodik ta’minot va ularning turlari. O’quv va metodik adabiyotlar tahlili. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi. Fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari. O’qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash usullari. Reyting tizimi, testlash. Fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovasion metodikalar va interfaol usullar. O’qitish shakllari va uslublari. O’qitishning interaktiv uslublari. Fanlarni o’qitishning zamonaviy vositalari.


Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi:

n bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;


n bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;
n bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

«Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:

informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;


informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;
informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash

Etiboringiz uchun raxmat!

marufmuradov2001@gmail.com



http://fayllar.org
Yüklə 6,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin