Adobe Photoshop dasturi ishga tushuriladi. File menyusidan New… bandi tanlanadi. Ochilgan New oynasining Width va Height qismlariga Elektron majmuaning kengligi va balandigi kiritilib OK tugmasi bosiladi. Adobe Photoshop dasturida yangi oyna hosil qilish Yangi bo’sh oyna paydo bo’ladi. Ushbu oynada yaratuvchi o’zining fantaziyasidan kelib chiqib yangi dizayn yaratishi mumkin. Masalan oyna ikki qismga ajratib olinadi va rang beriladi (3-rasm). Buning uchun M tugma bir marta bosiladi, 1 qism belgilab olinadi, G tugma bir marta bosiladi va gradient rangi tanlanadi. Belgilangan qismga sichqoncha yordamida gradient rang beriladi. Ikkinchi qism ham shu ketma-ketlikda bo’yaladi. Birinchi qism
Ikkinchi qism
Elektron majmua uchun dastlabki fon Dizayn yaratilayotganda ta’lim oluvchi o’tkir ranglardan toliqmasiligi, soddaligi, milliyligi, betakrorligi va animatsiyon bo’lishligiga etibor qaratish kerak. Shunday ekan fonga uchta tugma va O’zbekiston xaritasini qo’yish mumkin Buning uchun oldin rasmlar fonsiz holatga keltirib olinadi. Klaviaturadan Ctrl+O tugmalari birgalikda bosilib, rasm turgan papkadan rasmlar yuklanadi. L tugmani bosib rasm chegaralari belgilab olinadi. V tugma bosilib sichqoncha yordamida ajratib olingan rasm dastlabki fonga o’tkaziladi. Tugmalar ham shu tartib olingach quyidagi fon hosil bo’ladi. Endi yozuvlar shrifti va rangi tanlanadi. Yozuv rangi fon rangidan ajralib turishi talab etiladi. Klaviaturadan T tugmasi bosiladi. Yozuv rangi va shrifti xususiyatlar panelida o’zgartirilib kerakli matn kiritiladi Endi struktura ishlab chiqiladi. Bunda MS Worddasturining
Вставка bo’limida joylashgan WordArtdan foydalanish mumkin.
Loyihalashning qolgan bosqichlari pedagogik dasturiy vositani ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! http://fayllar.org