58
3.2. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi.
Barchamizga ma’lumki, XXI asr –
globallashuv davri, texnika asri deyiladi..
Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi
texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda
har bir pedagog
xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib
borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr
talabiga
aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika vositalaridan unumli
foydalanish o‘rinli. Darhaqiqat V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik
rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM
xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana
olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga
o’xshab qoladi”.
Bugun barkamol avlod tarbiyasi barchaga sir emaski,
davlat miqyosidagi
masalalar darajasida ko’tarilgan. O’z erkin fikriga ega, mustaqil hayotda qoqilmay
o’zining ishonchli va sobit qadamlari bilan kirib boradigan yosh avlodni
tarbiyalash, avvalo, oila mas’uliyatini, qolaversa, ustoz murabbiylardan katta
fidoiylikni talab etadi. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya
berishda,
o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi
o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g‘ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga
sodda,
qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni
tashkil etishlari zarur. Bunda informatika o’qituvchilariga o’z fanini yaxshi
o’zlashtirishidan tashqari, bugungi zamonaviy
axborot kommunikativ
texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi.
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi
eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
59
holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart –
sharoitlar mavjud.
Zamonaviy
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari
va
axborot
texnologiyalari mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi
kun o’quvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan
bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr
axborot texnologiyalari asridir.
Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompyuterdan samarali va
unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. Shunday ekan
shiddat bilan hayotimizga
kirib kelayotgan internetdan foydalanish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak.
Bu dars ishlanmada “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi
usullardan foydalanish o’quvchidagi BKMlarni mustahkamlashga, jamiyatda
o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishga, o’z Vatani bilan faxrlanish g‘ururi bugungi
kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglay olish va Mustaqil
Vatanimizning o’tmishi
bilan faxrlanish, bag‘rikenglik, do’stlik, kelajakdagi fan
taraqqiyoti to’g‘risidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: