Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Xulosa
 
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida 
“Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars 
jaraeniga tadbiq kilish” 
mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini 
yoritdim. 
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim 
to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy 
etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri 
sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim 
jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda 
takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar 
tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek

«Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni 
berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki
zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar 
tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i 
darkor…».
 
Zero 
ta’lim 
jarayonini 
tashkillashda 
axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalaridan samarali 
foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar 
o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari 
hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan 
ma’lumotlar esa bu 
axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, 
tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim 
olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida 
loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda 
innovatsion 
texnologiyalar 
katta imkoniyatlarga ega.


71 
Innovatsion texnologiyalar
joriy etish tajribasini o’rganish va unga 
maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust 
ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga 
yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi 
takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, 
ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga 
erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda 
o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini
o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki 
ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, 
predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: 
masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari 
kuydagilardan iborat: 

Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni 
birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;

Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli 
bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;

bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish; 

bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha
yaratilgan kurslarni o’rganish. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin