Darsning metodi: Interfaol
(“BBB texnologiyasi”, “zinama-zina texnologiyasi”, guruhlarda ishlash texnologiyasi) Darsning jihozi: Didaktik materiallar, kompyuter, ko’rgazma, videoproektor,
krossvord, tarqatma materiallar.
Darsning blok sxemasi №
Darsning bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
10 daqiqa
3
Yangi mavzuni tushuntirish
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
7 daqiqa
5
O’quvchilarni baholash va xulosalash
5 daqiqa
66
6
Uyga vazifa berish
3 daqiqa
Darsning borishi I. TASHKILIY QISM Dars salomlashishdan boshlandi.
O’qituvchi: Assalomu aleykum o’quvchilar.
O’quvchilar: Assalomu aleykum ustoz.
O’quvchilar ro’yhat bo’yicha bor-yo’q qilinadilar.
O’qituvchi: Bugungi “Kompyuter. Kompyuterning qurilmalari va uning
vazifalari” mavzusiga bag‘ishlangan darsga xush kelibsiz!
Navbatchi axborotini tinglaymiz
(navbatchi o’quvchi axboroti tinglanadi) II. O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH O’qituvchi: Endi sizlar bilan o’tilgan mavzuni takrorlab olsak.
O’tilgan mavzuni takrorlashdan oldin o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar.
Guruhlar o’zlariga nom tanlaydilar. O’tilgan mavzu bo’yicha tarqatma materialdan
foydalanamiz. Bunda maxsus karton qog’ozlarga kompyuterga oid atamalar hamda
rasmlar yopishtiriladi. Ikkala guruhdan bittadan o’quvchi chiqib guruhdagi
sheriklariga kartondagi atamalarini ovoz chiqarmasdan qo’llari orqali harakatlarni
ko’rsatib tushuntiradilar. Qaysi guruh ko’proq to’g’ri javob bersa shu guruhga ball
qo’shilib boradi.
O’qituvchi: Endi ikkala guruhga ham A3 formatdagi qog’ozlar beriladi.
(
BBB texnologiyasidan foydalanamiz )O’quvchilar ushbu qog’ozga Uchta jadval
chizadilar. Hammasini nomlab Bilaman, bilib oldim, bilmoqchiman deb yozadilar.
Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o’qituvchi guruhlarga savol beradi. Sizlar
kompyuterning qanday qurilmalarini bilasizlar? O’quvchilar birinchi jadvalni
guruh bo’lib to’ldiradilar. Qolganlari ochiq qoladi.
O’qituvchi har bir guruhning kompyuter qurilmalari haqidagi fikrlarini tinglab
bo’lgach asosan o’quvchilar tushunmagan tomonlarini ko’proq tushuntirib berishga
e’tibor beradi.
67
O’qituvchi yangi dars mavzusini va maqsadini tushuntiradi
(dars mavzusi va maqsadi, asosiy tushuncha va atamalar kompyuterda videoproektor yordamida ko’rsatiladi.) 1-bosqich.