Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi. Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir
Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
78. Informatika ta’limida masofali web, mobil texnologayalardan foydalanish
Informatika ta’limida masofali ta’lim texnologiyalari, Web texnologiya va mobil texnologiyalari.Ta’lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir
Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy ta’lim– masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir. Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi [56] .
Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv kurslari to‘plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‘quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
79. Informatika fanlaridan o`qitish jarayonida o`quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar.
. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish bu o‘quv jarayonida amalga oshadigan, maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchilarning faoliyatni maqsadga yo‘naltirib rejalashtirishni nazarga tutadigan jarayon. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish asosini faollik, faoliyat va o‘quv-biluv faoliyati kabi tushunchalar tashkil etadi. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish-bilim va faoliyat usullarini samarali o‘zlashtirish bo‘lishi bilan birga, o‘quv materiali har bir o‘quvchining faol aqliy harakatining mahsuliga aylantiriladi
80. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish.