Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua


Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə35/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish. Informatika o’qituvchisi loyihaviy faoliyati ikki turga bo’linadi. Birinchisi, o’z pedagogik faoliyatini loyihalash, ikkinchisi esa, dars jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish.
Informatika o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatini loyihalashi quyidagi bosqichlardan iborat:

  • ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va natijalar(mavzu o‘rganilgandan so‘ng nimalarga erishish kerakligi)ni belgilash;

  • natijalar asosida nazorat topshiriqlari(yozma, og‘zaki uchun savollar, test,) va baholash mezonlarini ishlab chiqish;

  • o‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish va o’qitish jarayonini amalga oshirib, xulosa va tavsiyalarga ega bo’lish [42].

Informatika o’qituvchilarini tayyorlashda loyiha texnologiyasidan foydalanishni ko’rib o’tamiz:
Fan. Informatika o’qititsh metodikasi. Kurs: 3-kurs, 6-semestr
Mavzu. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash
Dars turi: laboratoriya mashg‘uloti
Mashg‘ulotning maqsadlari (maqsad aniqlashtiriladi)
a) mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: Bu darsda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini:

  • informatika xonasini jihozlashni o‘rganishiga erishish;

  • informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rgatish;

  • informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish;

  • zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.

б) mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida zamonaviy informatika xonasidan foydalanishga erishish orqali o‘z-o‘ziga ishonch, o‘qituvchilik g‘ururini tarbiyalash.
v) mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida mavjud mutaxasislikka oid bilimlarini zamonaviy informatika xonasidan foydalanish orqali rivojlantirishga erishish.
2.Mashg‘ulot turi (mashg‘ulot shakli) - laboratoriya mashg‘uloti
3. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiya (mashg‘ulot qo‘llaniladigan metod va texnologiya tahlil qilinib tanlanadi): aqliy hujum, loyiha texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash hamkorlikda ishlash
4. Mashg‘ulotning jihozlari (vositalar tahlil qilinib, tanlanadi): kompyuter, elektron doska, zamonaviy informatika xonasi aks ettirish uchun plakatlar yoki prezentatsiyalar.
5.Mashg‘ulotdan kutiladigan natijalar (kutiladigan natija aniqlashtiriladi)
Bu dars yakunida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari:

  • informatika xonasini jihozlashni o‘rganishga erishadilar;

  • informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rganadilar;

  • informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar;

  • zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o‘rganib oladilar.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin