$GLOBALS
Berilgan skript ko‘rinishi global sohasining shu onda mumkin bo‘lgan har bir o‘zgaruvchisiga murojaat mavjud. Ushbu massivning kalitlari bo‘lib global o‘zgaruvchilarning nomlari hisoblanadi.
$_SERVER
Joriy skriptning web-server tomonidan o‘rnatilgan yoki boshqa biror yo‘l bilan bajarish muhitiga aloqador o‘zgaruvchilar. $HTTP_SERVER_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).
$_GET
Skriptga HTTP GET orqali beriladigan o‘zgaruvchilar. $HTTP_GET_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).
$_POST
Skriptga HTTP POST orqali beriladigan o‘zgaruvchilar. $HTTP_POST_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).
$_COOKIE
Skriptga HTTP cookies orqali beriladigan o‘zgaruvchilar. $HTTP_COOKIE_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).
$_FILES
Skriptga HTTP post – fayllarni yuklash orqali beriladigan o‘zgaruvchilar. $HTTP_POST_FILES eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi). Qo‘shimcha qarang: POST usulida yuklash.
$_ENV
Skriptga atrof muhit orqali beriladigan o‘zgaruvchilar. $HTTP_ENV_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).
$_REQUEST
Skriptga foydalanuvchilarning kiritish mexanizmlari orqali beriladigan o‘zgaruvchilar, ularga ishonib bo‘lmaydi.
Izoh: buyruq satrdan ishga tushganda, bu massiv argv i argc kirishlarini yoqmaydi; ular $_SERVER massivida taqdim etilgan. Ushbu massivga o‘zgaruvchilarni yoqish tartibi va mavjudligi variables_order konfiguratsiyasining direktivasiga mos holda aniqlanadi. Bu massiv PHP ning 4.1.0. gacha bo‘lgan versiyalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri analoglariga ega emas.
$_SESSION
Skriptning shu ondagi sessiyasida registratsiya qilingan o‘zgaruvchilari. $HTTP_SESSION_VARS eski massiviga o‘xshash (unga hali ham kirish mavjud, lekin tavsiya qilinmaydi).