«informatika va at»



Yüklə 102,66 Kb.
səhifə6/12
tarix21.12.2023
ölçüsü102,66 Kb.
#187556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Magistratura bo’limi «informatika va at» kafedrasi-hozir.org

Laboratoriya tajriba-tadqiqotlarining natijalari va ularning taxlili.
O’tkazilgan tajriba tadqiqotlarining taxlili, lyoss gruntlari massivlarida turli darajadagi namlik xolatlarida xamda bosim ostida grunt namligi oshib borgan xollarda lyoss gruntlari deformatsiyalanishi jarayonini, prognoz qilish va asoslarning deformatsiyalarini xisoblashning asosiy qoidalarini asoslaydi.
Deformatsiya modulining (E0) namlikga (W) bog’liqlik grafigi shuni ko’rsatadiki, gruntning namligi uning sikiluvchanligiga va o’ta cho’kish deformatsiyasiga sezilardi ta'sir qiladi.
Namlikning grunt qovushqoqlik kuchiga ta'siri grunt to’liq suv shimgan xolida sezilarli bular ekan. Grunt ichki ishqalanish burchagining o’zgarishini taxlil kilsak, gruntning namligi tabiiy namlik (W=0,04 0,05) dan to’liq suv shimgan xoliga utganida (Wsat=0,29 0,30) u 50-60 % gacha kamayar ekan.
Kompressiya tajribalari grafigidan ko’rinib turibdiki, gruntning namlanishi yuqoridan bo’lganda qo’shimcha deformatsiyalanish xarakteri asosan grunt namlik darajasiga bog’liq bular ekan.

Tajriba natijalarining extimoliy statistik taxlili
o’ta cho’kuvchan gruntlar g’ovaklik koeffisienti bilan deformatsiya moduli orasidagi korrelyasion bog’lanishga grunt namlanishining ta'siri
Laboratoriyada gruntlarni sinashga asosiy talablar.
Gruntli asoslarining ustivorligini xisob qilish uchun ularning mustaxkamligini xarakterlovchi parametrlarni bilish zarur bo’ladi. Bu parametrlar bir qancha usullar bilan aniqlanadi. laboratoriyada strukturasi buzilmagan xolda ularni sinash usuli yoki tabiiy xolatda dala sharoitida sinash usuli va boshqa usullar. Dala sharoitida gruntlarning fizik – mexanikaviy xossalarini to’la aniqlab bo’lmaydi. Ularni to’laligicha laboratoriyada aniqlaydilar.
«Bino va inshootlar asoslari» SNIP 2.02.01 – 98 ga binoan bino asoslarini deformatsiya va ustivorlik xisoblarida tarkibiga kiruvchi grunt xarakteristikalari (deformatsiya moduli, yonga bosim koeffisienti, grunt ichki ishqalanish burchagi va grunt ilashuvchanlik bosimi) xar bir muayyan xolda gruntlarni sinash davomida namlik va asos kuchlanganlik xolati o’zgarishlarini xisobga olib aniqlanishi shart. Bu binoni kurish va ekspluatasiya qilish jarayoniga mos bo’lishi kerak. Gruntlarning xisobda foydalaniladigan xarakteristikalarini uzgarmas miqdorlar deb karash mumkin emas. Chunki gruntlarning xossalari zichlanish darajasi va namlanishiga bog’liq bo’lib, ular kuchli o’zgaradi. Shuning uchun xam gruntlarning xisobiy xarakteristikalarini ularning ma'lum bir xolatiga mos xolda, odatda bu binoning yaxshi ishlamagan xolatiga qarab belgilanishi kerak.

Gruntlarning xarakteristikalarini ikki guruxga bulish mumkin:
1. xisoblar ishlatiladigan va nazariy xisobiy formulalarga kiruvchi - xajmiy massa, g’ovaklik koeffisienti, deformatsiya moduli, Puasson koeffisienti, grunt ichki ishqalanish burchagi, qovushqoqlik kuchi, grunt sikiluvchanligi ko’rsatkichlari (kompressiya va konsolidasiya egri chiziqlari), fil'tratsiya koeffisienti va xokazo. Ushbu xarakteristikalar bevosita xisobda foydalaniladi;
2. gruntlarning ma'lum bir tasniflash uchun foydalaniladigan xarakteristikalari – granulometrik tarkib, mineral va ximik tarkib, strukturalarning sirtki belgilari va kushilishi, xarakterli namliklar.
3). sinash usullarini grunt xajmi va qurilish montaj ishlariga bog’liq xolda belgilanadi;
4). grunt namunalarini parallel sinashlar miqdori (soni), olinadigan grunt xarakteristikalarining ishonchliligini ta'minlashi kerak.
Gruntning mustaxkamlik va deformatsion xarakteristikalari grunt namligiga va zichlanishiga bog’liq bo’lgani uchun xarakteristikalarining Ye0, s,φ larning namlikdan bog’liq grafiklari chizilishi kerak, Masalan quyidagi grafik:


Gruntlarning xossalari ko’rsatkichlari urtasidagi bog’lanishlarni statistik o’rganish
Ko’pinchalik xar tomonlama o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, gruntlarning tabiiy xolatidagi va sun'iy zichlangan xolatlaridagi xossalari ko’rsatkichlari bir – biri bilan bog’liq. Bular urtasida muayyan alokadorlik mavjud bo’lib, ulardan birining o’zgarishi albatta ikkinchisining o’zgarishiga xam olib keladi. Gruntlarning fizik – mexanik xossalari bir qancha omillarga bog’liq. Masalan, gruntlarning suv o’tkazuvchanligi, uning granulometrik tarkibiga, kattik zarralar shakliga, grunt zichligiga, temperaturasiga va suv mavjudligiga bog’liq.
Ammo, strukturasi buzilgan grunt fil'tratsiya koeffisienti uchun bosh omil bo’lib, uning dondorlik tarkibi xisoblanadi.
Ba'zi xollarda gruntlarning xar xil xarakteristikasi urtasida nazariy bog’lanishlarni xam kurish mumkin. Masalan Tersagi- Gersevanov bo’yicha kompressiya egri chizigi parametrlari bilan fil'tratsiya koeffisienti bog’liqligini, suvga tuyingan gruntning deformatsiya tezligini taxlil qilib, o’rganish mumkin.
Ma'lumki, xarakteristikalar urtasidagi bog’lanishlarning xarakteriga qarab bog’lanishlar ikki turga bulinadi: funksional bog’lanishlar va korrelyasion bog’lanishlar.
Gruntlarning xar xil xarakteristikalari urtasida funksional bog’lanish nazariy jixatdan xozircha olinmagan. Shuning uchun Ko’p o’tkazilgan tajribalarni statistik taxlil qilish asosida korrelyasion empirik bog’lanishlarni yozish mumkin. Matematik statistikada masalalarni yechishda tadkikiy ob'ektlarning (masalan gruntning biror fizik – mexanik xossasi ko’rsatgichi) matematik modelidan foydalaniladi.
Bu yerda matematik model deb, optimizasiya parametri (U) bilan faktorlar (x) bog’lanishining tengligi tushuniladi.
u = f (x1,x2 …,xn) (3.3)
f (x1,x2 …,xn) - ni munosabat funksiyasi deb nomlanadi.
Xar bir faktor x1 tajribada bir qancha qiymatdan birini kabul qiladi. Bunday qiymatlar munosabat funksiyasining darajasi deb ataladi. X va U belgilar orasidagi korrelyasion bog’liqlikni statistik usul bilan ifodalash uchun n marta tajriba o’tkaziladi.
Ikkinchi gurux xarakteristikalari, oldindan kurilgan binolarni ekspluatasiya qilishga asoslanib, gruntni uni qurilishda foydalanish nuqtai nazaridan baxolashga imkon beradi.
Laboratoriyada gruntlarni sinash belgilanganda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak:
1). bino asosiy va gruntli inshoot bo’lishiga qarab gruntlarni sinash tartibi ro’yxati tuziladi;
2). gruntlarni asos uchun foydalanishga yarokli ekanligiga ob'ektiv baxo berish laboratoriya sharoitida kompleks o’rganiladi;
rху=
bu yerda n - tajribalar soni
Korrelyasiya koeffisienti absolyut qiymati bo’yicha birdan ortik bo’lmasligi kerak, ya'ni
Agar X va U tasodifiy miqdorlar orasida bog’liqlik bo’lsa, u xolda korrelyasiya koeffisienti nolga teng.
Agar U tasodifiy miqdor X ning chiziqli funksiyasi, U = aX + v bo’lsa, u xolda agar a>0 bo’lsa, rxu = 1, agarda a<0 bo’lsa u xolda rxu = -1, bo’ladi.
Agar rxu bo’lsa, u xolda bog’lanish tugri chiziqli, rxu bo’lsa u xolda bog’lanish teskari chiziqli bo’ladi.


Korrelyasiya nazariyasining ikkita masalasi bor:
1. Belgilar (U,X) orasidagi bog’lanishni ifodalovchi regressiya tenglamasini aniqlash;
2. Korrelyasion bog’lanishning zichligini aniqlash.
Agar natijaviy belgining o’rtacha qiymati bilan faktor belgi X ning xar bir xi qiymatida bog’lanish grafigi chizilsa, u grafikni regressiya egri chizigi, tenglamasi esa regressiya tenglamasi deyiladi [11].
Bu xolda U miqdorning regressiyasi
formula bilan aniqlanadi.



Yüklə 102,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin