Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
A2 matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;
matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi;
matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi;
matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;
operatsion sistema yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi;
Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi;
Kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi.
A2+ tarkibiy Web-sahifa ko‘rinishida axborot resurslarini tayyorlay oladi;
dasturlash texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanib sodda dasturiy ta’minot hosil qila oladi.
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
A2
Axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;
axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
elektron pochta orqali axborot uzatadi va qabul qila oladi;
axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, mediasavodxonlik talablariga rioya qiladi.
A2+ Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini kichaytirish imkoniyatlaridan foydalana oladi.