O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;
kamolotga intilish;
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;
o‘z hatti-harakatini baholay bilish.
A2+
bola huquqlari, voyaga yetmaganlik tushunchalarning mazmun-mohiyatini anglagan holda bayon qila bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
A2+
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
orasta kiyinish;
madaniy me’yorlarga amal qila olish.
A2+
Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy rejalarni tuza olish;
kundalik faoliyatda uchraydigan masalalarni yechmiga olib keluvchi algoritmni tuza olish;
turli formuladan foydalana olish;
model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish.
A2+
hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik, shahsiy, oilaviy rejalarni algoritmini tuzish va amalda qo‘llay olish.
I bob. Algoritmlash asoslari (13 soat, A2+: 18 soat)
1-mavzu. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
(1 soat, A2+: 1 soat).
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari: masalaning qo‘yilishi, masala modeli, algoritm tuzish, dastur tuzish, dasturni tahrirlash, natija olish va tahlil.
2-3-mavzu. Model va uning turlari. Amaliy mashg‘ulot
Dostları ilə paylaş: |