Birinchi bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "Qo`llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob. Kommunikasiya, ya`ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
Qo`llik axborot texnologiyasi 2. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar– bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.