Ikkinchi bosqich.XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivojlandi. Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
Mexanik axborot texnologiyasi Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga, "Elektromexanik" texnologiyalar ishlab chiqildi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan.
Elektron axborot texnologiyasi To`rtinchi bosqich. XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo`ljallangan texnik vositalarning o`zgarishi ro`y berdi. Lokal va globalkompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Kompyuter - axborot texnologiyasi Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi: 1.Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma`lum aniq algoritmlar bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo`ljallangan. Masalan, har bir tashkilotda o`zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi.
2.Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyatida qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan insonlarning axborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishdagi faoliyati, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni qayta ishlab beruvchi.
3.Tashkilot axborot texnologiyasi.Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko`plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta`minlay oladi.
4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5.Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir.