“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi


IIKT asosiy omillari ya’ni tarkibiy tuzilishi



Yüklə 6,36 Mb.
səhifə3/8
tarix05.10.2023
ölçüsü6,36 Mb.
#152481
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu taqdimot — копия

IIKT asosiy omillari ya’ni tarkibiy tuzilishi:


Axborot ta’minot
Texnik ta’minot
Dasturiy ta’minot
Tarmoq ta’minoti
Tizim ta’minoti
IIKT asosiy omillari
2. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi.

Yüklə 6,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin