“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi



Yüklə 6,36 Mb.
səhifə7/8
tarix05.10.2023
ölçüsü6,36 Mb.
#152481
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu taqdimot — копия

Tibbiyot sohasi. Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo bo`lishi ko`p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Siz to`g`ridan-to`g`ri shifokor huzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo`lsangiz, siz haqingizdagi ma`lumot ham bo`ladi.
Birinchi bor murojaat etayotgan bo`lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o`zida shifokor kompyuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma`lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz bo`yicha tez va aniq tashxis kompyuter tomonidan qo`yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun ro`yxat ham chop etib beriladi. Dorilar ro`yxatini olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo`lgan qaysi dorixonalardan topish mumkinligini ham bilib olish mumkin.
Kompyuter va san`at. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik real yoki elektro organ yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin.
Kompyuterlar va rassomlar. Kompyuter grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma 1956-yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kino va televideniyani ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universitetida, amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimga nisbatan samaraliroq yechimlarni tadbiq qilishdir.
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to`lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron to`lovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.

Yüklə 6,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin