«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu Kompyu
7. Kompyuter dasturiy ta’minotini o`qitish muammolari haqida. O`qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish o`qitish sifati va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari yordamida olib borilgan audio-vidio muloqot o`quvchining darsga bo`lgan qiziqishini va bilim olishga bo`lgan xavasini oshiradi. Multimedia vositalariga, jumladan audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Web kamera, TV tuner, CD-ROM v.sh.lar kiradi.
Multimedia vositalari o`quvchiga yakka tartibda shug`ullanish imkonini beradi. O`quvchi o`qituvchining bevosita ishtirokisiz ham materialni mustaqil o`zlashtirishi mumkin bo`ladi.
Hozirda multimedia so`zi kundalik ilmiy-ixtisosiy faoliyatimizda juda ko`p ishlatilmoqda. Ta’limda multimedia texnologiyalarini tadbiq etish uchun dastlab «Multimedia nima o`zi?», degan savolga javob beraylik. Turli kasb mutaxassislari bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin:
Multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida o`quv materiallarini tinglovchilarga to`liq yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko`rinishidir.
Multimedia hozirda juda tez rivojlanayoggan zamonaviy axborot texnologiyalaridan bo`lib, u quyidagi an’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda original axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animatsiya ko`rinishdagi axborotlarni o`z ichiga oladi;
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyatini, tezkor va video-xotira hajmini, katta sig`imli tashqi xotirani, kompyuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuv tezligini taxminan ikki baravarga oshirish talab etiladi;
- «inson-kompyuter-inson» interfaol muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchi, texnik muloqot jarayonida ancha keng va har tomonlama mukammal axborotlarni olishi osonlashadi va tezlashadi.