Yordamchi(hizmat ko`rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo`shimcha ravishda o`rnatiladigan xizmat ko`rsatuvchi dasturlar to`plami to`ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko`pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo`shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga hizmat ko`rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo`ljallangan dasturlardir.
Muammoga yo`naltirilgan amaliy dasturiy ta’minot.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko`p qo`llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot(ADT)dir. Bunga asosiy sabab- kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratilishi va qo`llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo`naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
Umumiy maqsadli ADT - soha mutaxassisi bo`lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo`llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko`plab dasturlarni o`z ichiga oladi. Bular:
kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo`ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: