6. Kompyuterning dasturiy ta’minotini uskunaviy vositalar yordamida boyitish. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muxitining o`zgarishi, lazerli disklarning paydo bo`lishi, ma’lumotlarni tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to`rt yo`nalishga bo`lish mumkin:
ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimilar; Ushbu yo`nalish kompyuterda o`yinlarni(shaxmat,shashka va x.k.), avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug`illanadi.
bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar; Ushbu yo`nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarni yaratilishi hisoblanadi.SHu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo`llanishi mumkin.
EHMlarni yangi arxitekturasini yaratish; Bu yo`nalish sun’iy tafakkur mashinalari(beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o`rganadi.
intellektual robotlar; Bu yo`nalish oldindan qo`yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug`illanadi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog`liq yo`nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case – texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari.Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- Kompilyator va interpretatorlar;
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturni bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar bibliotekasi oldindan tayyorlangan dasturlar to`plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.